Get Mystery Box with random crypto!

ROBOCODE IT ACADEMY

Telegram kanalining logotibi robocode_andijan — ROBOCODE IT ACADEMY R
Telegram kanalining logotibi robocode_andijan — ROBOCODE IT ACADEMY
Kanal manzili: @robocode_andijan
Toifalar: Biznes , Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.30K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Yoshlar va kattalar uchun zamonaviy kasblar akademiyasi Andijonda
📞 Qo'ngiroq qiling: 99899 899-90-05
📩 Admin: @robocodeadmin
♻️ Group Chat: @robocodegroupchat
🔴 Instagram.com/robocode.uz
📮 https://robocode.uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-02-08 22:00:21 Bolalar uchun Arduino va Ev3 Mindstorms kursiga qabul e'lon qilamiz...

Yangi ochilayotgan bolalar uchun dasturchilik guruhlarimizda farzandingiz xam kelib o'qishi mumkin.

Bu kursda nimalar o'rgatilishi haqida qisqacha:

Bolalar uchun dasturlashda, bolalar konstruktsiyalash, elementar matematika-fizika hamda boshlang'ich dasturlash ko'nikmalarini o'rganadi
(9-13 yosh)

Arduino dasturlash kursida o'quvchilar yuqori darajada dasturlash hamda elektr jihozlari va sensorlar bilan ishlash va ular yordamida kichik loyihalar tayyorlashni o'rganadi. (13+)

Siz ham ushbu sohada o'zingiz yoki farzandingizni ta'lim olishini istasangiz kurslarimizga onlayn ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish uchun:

robocode.uz

Administratorga yozish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan — Kelajak kasbingizni biz bilan boshlang!
621 viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2021-02-06 08:41:25
Frontend haqida qisqacha!

Barchamiz veb-sayt nima ekanligini bilamiz, ammo u nimalar yordamida yaralishini-chi? Axir, Robocode IT Academy bu haqida ma'lumot bermasa bo'lmas. Keling endi, sayt yaralishida o'zining katta hissasini qo'shadigan frontend haqida gaplashamiz!

Frontend - «tashqi interfeys» degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning bir turidir. Frontend orqali veb-sahifalarning foydalanuvchiga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Oddiy qilib aytsak, u yordamida ilovaning yoki veb-saytning mijoz tomonida ishlaydigan funksionallik va foydalanuvchi interfeysini qulay ishlab chiqish vazifasi bajariladi, ya'ni siz brauzer orqali biron-bir saytga kirsangiz, ko’rinib turuvchi barcha narsa frontend asosida yaratiladi.

Xo'sh, obunachilarimiz yana nimalar haqida bilishni istaydi? Fikringizni qoldiring.

Robocode.uz
@robocode_andijan
684 viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash
2021-02-03 19:21:23
Junior Arduino kurslarini muvaffaqiyatli bitiruvchilari

Robocode IT Academy'da hozirgi kunga qadar turli musobaqalarda faxrli o'rinlarni olib kelgan, bir guruh iqtidorli o'quvchilar junior arduino kurslarini tamomladi.

Keyingi bosqichga o'tganligi va kurslarni a'lo darajada tugatganligi uchun markaz jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz, qolaversa kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Yoshlarga Robototexnika sirlarini oʻrgatishda jonbozlik koʻrsatayotgan ustozlar — Abdulaziz Yakubov va Kozimbek Kamalov qolaversa boshqa o'qituvchilarimizga minnatdorlik bildiramiz.

Onlayn ro'yxatdan o'tish robocode.uz

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan
683 viewsedited  16:21
Ochish/sharhlash
2021-01-31 12:10:01
Musobaqa g'oliblari aniqlandi!

Juda qizg'in va keng muhokamalar bilan o'tgan tanlov, o'quvchilarda veb dizaynerlikka bo'lgan qiziqish va intilishlarini yanada oshirishga turtki bo'ldi.

Yakunga ko'ra:

1-o'rin sohibi — Valilullayev Azizullo

2-o'rin sohibi — Muhibullayev Abdurahmon

3-o'rin sohibi — Odiljonov Muhammad Aziz
Eslatib o'tamiz:

1-o'rin sohibi markazimizda 1 oy bepul ta'lim oladi.

2-o'rin sohibi markazimizda 50% chegirma asosida 1 oy bepul ta'lim oladi.

3-o'rin sohibi markazimizda 25% chegirma asosida 1 oy bepul ta'lim oladi.

Agar siz ham shunday musobaqalarda ishtirok etishni istasangiz yoki dasturlash sohasiga qiziqsangiz kurslarimizga ro'yxatdan o'tishni unutmang.

Onlayn ro'yxatdan o'tish robocode.uz

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan
824 viewsedited  09:10
Ochish/sharhlash
2021-01-28 15:25:23 ​​Bizda Veb dizayn ichki olimpiadasi

Robocode IT Academy
tomonidan o'quvchilarimiz uchun ajoyib musobaqa tashkil etishga qaror qildik.

Musobaqada faqatgina markaz o'quvchilari qatnashishi mumkin.

Shartlar juda oddiy, mentorlar tomonidan berilgan berilgan web dizaynni belgilangan vaqt mobaynida HTML&CSS tillarida yozib berishlari zarur.

Yutuqlar ham o'ziga xos:

1-o'rin uchun bir oy bepul ta'lim

2-o'rin uchun bir oylik ta'lim uchun 50% chegirma

3-o'rin
uchun bir oylik ta'lim uchun 20% chegirma

Fursatni boy bermang, balki aynan siz tanlovimiz g'olibi bo'larsiz. Shoshiling.

@robocode_andijan
828 views12:25
Ochish/sharhlash
2021-01-28 11:41:06
​​Bugun xalqaro lego kuni!

Bundan 63 yil avval, 1958 - yil 28 - yanvar kuni ilk marotaba lego o‘yinchoqlari sotuvga chiqarilgan va shu ondan boshlab bolajonlarning sevimli mashg‘ulotiga aylangan.

Bolalarga 3 yoshdan boshlab lego o‘ynash tavsiya qilinadi. Turli xil ko‘rinishdagi legolarni o‘ynash orqali farzandingizning fikrlash qobiliyati, intiluvchanligi va fantaziyasi yana-da oshadi.

Olimlarning o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra , bola legoni ushlagan vaqtida barmoqlardagi nerv tolalari uqalanadi. Bu esa o‘z navbatida aqliy qobiliyatlarni oshishiga olib keladi.

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan
766 viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2021-01-25 16:51:55 ​​Boot Menu - kompyuter birinchi yongan paytda ishga tushadigan dasturiy tizim hisoblanadi.

CD , DVD , flesh-disk yoki qattiq disklar va LAN (tarmoq) kabi ko'plab turli xil yuklash moslamalarini o'z ichiga olishi mumkin.

Yuklash menyusi foydalanuvchiga boshqa operatsion tizimlarni yoki dasturlarni yuklash imkonini beradi, hatto kompyuterning o'zida allaqachon operatsion tizim mavjud bo'lsa ham.

Yuklash menyusi kompyuterga yangi operatsion tizimni o'rnatish uchun ham foydalidir, chunki foydalanuvchi qaysi qurilmadan foydalanishni o'zi tanlashi mumkin.

Yuklash menyusiga qanday kirish mumkin?

Kompyuter ishga tushganda foydalanuvchi yuklash menyusiga bir nechta klaviatura tugmalaridan birini bosish orqali kirishi mumkin.

Yuklash menyusiga kirish uchun umumiy tugmalar kompyuter yoki ona plata ishlab chiqaruvchisiga qarab Esc, F2, F10 yoki F12. Bosish uchun maxsus tugma odatda kompyuterning boshlang'ich ekranida ko'rsatiladi.

Yuklash menyusi foydalanuvchiga operatsion tizim yoki dasturni kompyuter yuklanayotganda qaysi qurilmadan yuklashini tanlashga imkon beradi.

Agar xohlasangiz, yuklash menyusida keltirilgan, shuningdek, yuklash ketma-ketligi deb nomlangan qurilmalarning tartibini o'zgartirish mumkin.

@robocode_andijan
698 views13:51
Ochish/sharhlash
2021-01-23 10:34:46
RECTOR CUP 2021 natijalari

Yaqinda Andijon mashinazoslik institutida bo'lib o'tgan RECTOR CUP 2021 robotlar bellashuvi bo'lib o'tdi. Markaz o'quvchilari ham musobaqaga qadar qattiq tayyorgarliklar ko'rib kelishdi.

Mehnat qilgan albatta natijaga erishadi deyishadi. Tanlov yakunida Robocode jamoasi "Foydali model" yo'nalishida faxrli 1-o'rinni 14 yoshli Fazliddin egallagan bo'lsa, jamoa hisobida "RoboFutbol" yo'nalishida 3-o'rinni egalladi. Eslatib o'tamiz musobaqa asosan Institut talabalari uchun uyishtirilgan edi va eng yosh ishtrokchilar bizning markaz o'quvchilari bo'ldi



Musobaqada qatnashgan va kuzatib borgan barchaga o'z minnatdorchiligini isxor qiladi. Kelgusi ishalariga omad va o'z maqsadlariga doim erishishlarini tilab qolamiz.

Ushbu video rolik musobaqa haqida.. .

@robocode_andijan
709 viewsedited  07:34
Ochish/sharhlash
2021-01-20 17:35:00 ​​20% chegirmaga ega yangilangan formatdagi Junior robototexnika kursi uchun qabul boshlandi

Robototexnikaning ikkinchi katta qismi bo'lgan arduinoga hozirga qadar juda ko'p o'quvchilar tomonidan qiziqish bildirilib, kurslarimizda ta'lim olishdi.

Markazda
ushbu yo'nalish bo'yicha professional ustozlar tomonidan odatiy darslar o'tib borildi va endi esa kursni yangilangan formatda o'tish rejaga kiritildi

Yangilangan formatdagi darslarni sizga taqdim etamiz.

Arduino
- bu elektronika, avtomatlashtirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va robototexnika sohasida oddiy tizimlar, modellar va tajribalarni yaratish va prototiplash uchun apparat va dasturiy ta'minotdir.

14-16 yosh
atrofida bo'lgan barcha yoshlar, 6 oy davomida, o’zlari robotlarni noldan terishni o’rganishadi va ularga dastur yozishadi. Dars davomida matematika, fizika va logika fanlari qo’shimcha ravishda o’rgatiladi.

Ayni paytda ushbu kursimizda 20% chegirma e'lon qilingan. Shoshiling.

Xohish va qiziqish bo'lsa bas, kurslarimiz sizni kutmoqda

Online ro'yxatdan o'tish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05
5.4K views14:35
Ochish/sharhlash
2021-01-16 14:54:49
Musobaqa boshlanishiga oz fursat qoldi

Robocode IT Academy
o'quvchilari doimiy ravishda turli xil musobaqalarda faol qatnashib faxrli o'rinlarni egallab keladi.

Xabaringiz bor, hozirda o'quvchilarimiz Andijon mashinasozlik instituti tomonidan o'tkazilayotgan musobaqa uchun tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Aynan markazda olgan bilimlariga tayangan holda, qattiq mehnat qilib, faxrli o'rin olish qolaversa, o'zlarining qobilyatlarini qaysidir ma'noda ko'rsatib qo'yish uchun astoydil xarakat qilishmoqda.

Biz esa robototexnikchilarimizga faqatgina omad tilaymiz va hech qachon bilim olishdan, mehnat qilishdan charchashni bilishmasin. Batafsil videoda

Xoxish va istak bo'lsa, kurslarimiz sizni kutmoqda:

Online ro'yxatdan o'tish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan
1.1K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash