Get Mystery Box with random crypto!

Road24.uz

Telegram kanalining logotibi road24uz — Road24.uz R
Telegram kanalining logotibi road24uz — Road24.uz
Kanal manzili: @road24uz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 160.76K
Kanalning ta’rifi

Jarimasiz hayot go’zal | Жизнь без штрафа прекрасна

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-03-23 13:07:26
Jarimalar boʻyicha chegirma 50 foizgacha oshirildi

1-maydan boshlab, huquqbuzarlik uchun tuzilgan jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz, 30 kun ichida toʻlansa, 30 foiz chegirma beriladi. Bu chegirmalar sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga ham taalluqli boʻladi.

Prezidentning 23-mart kuni imzolangan qaroriga koʻra, 2023-yil 1-maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Yangi tartibga koʻra:

- huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini;
- 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi (1-maygacha amalda boʻladigan) tartibga asosan, 15 kun ichida toʻlangan jarimalarga chegirma miqdori 30 foiz deb belgilangan.

@road24uz
198.8K views10:07
Ochish/sharhlash
2023-01-19 14:12:12 Hurmatli haydovchilar ayrim hududlarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Quyidagi havola orqali qaysi hududlar ushbu qoida joriy etilganini bilib olishingiz mumkin.
BATAFSIL
Hurmat bilan Road24 jamoasi.
153.6K views11:12
Ochish/sharhlash
2022-12-31 09:08:23
Do'stlar, Road24.uz ilovasining 2022-yil yakunlari bilan ulashmoqchimiz!

• Ilovamiz 1 100 000 dan ortiq foydalanuvchilar tomonidan yuklab olindi
• Foydalanuvchilarimizga 3 200 000 dan ortiq jarimalar to'g'risida xabarnomalar yuborildi
• GooglePlay eng zo'r ilovalar reytingida Avtomobillar kategoriyasi bo'yicha 1-o'rindamiz
• 39000 dan ortiq foydalanuvchilar GooglePlay va AppStore'da ilovamizga berib sharx yozishdi

Yangi yilda yanada ko'proq qulayliklar yaratish niyatidamiz

Sizni kelayotgan 2023-yil bilan chin dildan tabriklaymiz! Yo'l harakati qoidalariga amal qilib yuring va yo’llariz behatar bo’lsin!

Hurmat bilan Road24.uz jamoasi
35.0K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2022-07-08 17:35:15
#брифинг

1 сентябрдан «доверенность» учун нотариусга бориш шарт эмас

Президент қароргиа кўра, 2022 йил 1 сентябрдан автотранспортни бошқариш учун ишончномаларни Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали (my.gov.uz) электрон расмийлаштириш йўлга қўйилади.

Электрон ишончномани нотариал тасдиқлаш талаб этилмайди ва у ЙПХ ходимлари томонидан электрон текширилади.

Электрон ишончнома учун давлат божи ишончномани нотариал тасдиқлаш учун белгиланган давлат божига (БҲМнинг 3 баравари – 900 минг сўмга) нисбатан қуйидаги фоизларда ундирилади:

бир ойгача бўлган муддатга — 10 фоиз (90 минг сўм);
олти ойгача бўлган муддатга — 50 фоиз (450 минг сўм);
уч йилгача бўлган муддатга — 100 фоиз (900 минг сўм).

Юридик шахслар ҳайдовчиларининг 2 йилда 1 марта мажбурий малакасини ошириш талаби бекор қилинди.


АОКАда Адлия вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Севара Ўринбоева иштирокида ўтказилган брифинг тафсилотлари:

Батафсил


Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
47.4K views14:35
Ochish/sharhlash
2022-07-01 08:11:40
35.3K views05:11
Ochish/sharhlash
2022-07-01 08:11:40 В Узбекистане с сегодняшнего дня цена разрешения круговой тонировки будет снижена до 2 160 000 сумов, если оформите онлайн

С 1 июля стоимость тонировки передних и задних боковых стекол снизилась до 8 БРВ (2,4 млн сум). Но при оформлении разрешения онлайн через сайт госуслуг предоставляется скидка 10%. Таким образом разрешения можно купить онлайн за 2,16 млн.

Подпишитесь и следите за срочными новостями на нашем канале

https://t.me/road24uz
32.9K views05:11
Ochish/sharhlash
2022-06-23 09:16:32 Afsus eJarimada signal chalganga jarima yo’q

—-
Жалко что на eJarima не можем штрафовать водителя за бессмысленные сигналы
24.7K viewsedited  06:16
Ochish/sharhlash
2022-06-01 13:30:45
1 июндан бошлаб йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жарималар кўтарилади

Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг тегишли фармонига биноан, 2022 йил 1 июндан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи 12 фоизга оширилади. Ҳужжат аҳоли турмуш даражасини яхшилаш ва фуқаролар даромадларини изчил оширишга қаратилган чора-тадбирлар кўламини кенгайтириш мақсадида қабул қилинди.

базавий ҳисоблаш миқдори — 300 минг сўм миқдорида (ҳозир 270 минг сўм) белгиланди.

Шунингдек, шу кундан бошлаб йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жарималар миқдори ҳам ошади.

Маълумот учун, жарималар сўнгги марта 2021 йилнинг 1 сентябрдан базавий ҳисоблаш миқдори 245 минг сўмдан 270 минг сўмга кўтарилган вақтда ошган эди.

@Emamuriyish
23.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-12-31 16:34:57
Do'stlar, Road24.uz ilovasining 2021-yil yakunlari bilan ulashmoqchimiz!

• Ilovamiz 300 mingdan ortiq foydalanuvchilar tomonidan yuklab olindi
• Foydalanuvchilarimizga yarim million marta jarimalar to'g'risida xabarnomalar yuborildi
• GooglePlay eng zo'r ilovalar reytingida Avtomobillar kategoriyasi bo'yicha 2-o'rindamiz
• 4000dan ortiq foydalanuvchilar GooglePlay va AppStore'da ilovamizga baho berib sharx yozishdi


Yangi yilda yanada ko'proq qulayliklar yaratish niyatidamiz

Sizni kelayotgan 2022-yil bilan chin dildan tabriklaymiz! Yo'l harakati qoidalariga amal qilib yurishni unutmang, o'zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Hurmat bilan Road24.uz jamoasi
23.3K views13:34
Ochish/sharhlash
2021-08-13 20:11:40
#Тезкор_хабар

2021 йил 14-16 август кунлари тизимларни ўзаро интеграция қилиш ишлари сабаб жаримани масофавий тўлаш имконияти вақтинча чекланади

Батафсил

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site | YouTube | TikTok
19.6K views17:11
Ochish/sharhlash