Get Mystery Box with random crypto!

Jarimalar boʻyicha chegirma 50 foizgacha oshirildi 1-maydan | Road24.uz

Jarimalar boʻyicha chegirma 50 foizgacha oshirildi

1-maydan boshlab, huquqbuzarlik uchun tuzilgan jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz, 30 kun ichida toʻlansa, 30 foiz chegirma beriladi. Bu chegirmalar sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga ham taalluqli boʻladi.

Prezidentning 23-mart kuni imzolangan qaroriga koʻra, 2023-yil 1-maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Yangi tartibga koʻra:

- huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini;
- 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi (1-maygacha amalda boʻladigan) tartibga asosan, 15 kun ichida toʻlangan jarimalarga chegirma miqdori 30 foiz deb belgilangan.

@road24uz