Get Mystery Box with random crypto!

Rishton tumani axborot-kutubxona markazi

Telegram kanalining logotibi rishtonakm — Rishton tumani axborot-kutubxona markazi R
Telegram kanalining logotibi rishtonakm — Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
Kanal manzili: @rishtonakm
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.56K
Kanalning ta’rifi

📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 13:18:01 Ba’zida kitoblar bilan birgalikda ularni xarid qiladigan makonlarimiz ham biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimdan ham eski binolarda joylashgan yohud zamonaviy dizaynlar asosida barpo qilingan kutubxonalar o‘quvchilarning ko‘p diqqatini tortgan.

Bugun sizlarga dunyoning eng mashhur noodatiy 10 ta kitob do‘konini tanishtirib o‘tmoqchimiz.

1. “Selexyz Bookstore”, Gollandiya.

Bu kitob do‘koni 700 yillik tarixga guvoh bo‘lgan qadimiy ibodatxona binosida joylashgan.

2. “Livrario Lello”, Portugaliya.

Neogotik uslubda bunyod qilingan binoda joylashgan bu kitob do‘koni 1906 yilda ochilgan. «Garri Potter» filmining ba’zi sahnalari bu yerda suratga olinganidan so‘ngra u yanada mashhurlikka erishadi.

3. “Cook and Book”, Belgiya.

Gʻayrioddiy dizayn va ko‘rinishga ega bo‘lgan bu kitob do‘konida kitob sotib olmoq bilan birga lazzatli taomlar tanovul qilmoq ham mumkin.

4. “El Ateneo Grand Splendid”, Argentina.

Dunyoning eng mashhur kitob magazinlaridan sanalgan “El Ateneo Grand Splendid”, avvallari kino va teatr markazi bo‘lgan binoda joylashgan. Bu yerda tomoshabin o‘rindiqlari o‘rniga kitob javonlari o‘rnatilgan.

5. “Shakespeare and Company”, Fransiya.

1919 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bu kitob do‘konida turli xil kitoblar bilan birga qadimiy Fransiya me’morligini tomosha qilib ham zavq olmoq mumkin.

6. “Atlantis Books”, Yunoniston.

Egey dengizining sohilida, Santorini mehmonxonasida joylashgan bu kitob do‘koni sayyohlarning eng sevimli joyi hisoblanadi.

7. “Ler Devagar”, Portugaliya.

Lissabonda joylashgan bu kitob do‘konida kafe va restoran ham mavjud. Do‘konda tez-tez kitob yarmarkalari tashkil qilinadi.

8. “Libreria Acqua Alta”, Italiya.

Venesiyada joylashgan bu kitob do‘konining javonlari qayiqning ichiga joylashtirilgan bo‘lib, uni kuzatishning o‘zi ham odamga ilhom bag‘ishlaydi.

9. “Brattle Bookshop”, AQSH.

Bu kitob do‘konining eng maroqli jihatlaridan biri do‘konning bir qismi ko‘chada joylashganidadir.

10. “Livraria da Vila”, Braziliya.

“Livraria da Vila” Braziliyaning eng katta kitob do‘konlaridan biri bo‘lishi bilan birga modern uslubdagi ko‘rinishi odam diqqatini tortadi.

@Rishtonakm
21 views10:18
Ochish/sharhlash
2022-08-30 03:57:23
Kitob sizdan non-osh so‘ramaydi. Uni har qaydan topsa bo‘ladi. Beminnat suhbatdosh, beminnat maslahatgo‘y. Yoqmasa, yopib qo‘yishingiz mumkin, bir chetga tashlab qo‘yishingiz mumkin. Ammo mutolaa zavqini tatib ko‘rgan inson keyin bir umr kitobdan ajralolmaydi, bir umr xumori bo‘lib qoladi. Turmush tashvishlari yoki boshqa sabab bilan hadeganda qo‘liga kitob ololmas, biroq undan butkul ko‘ngil uzmaydi, imkon topildi deguncha yana mutolaaga qaytaveradi.
Kitob ana shunday ohanrabo!

Erkin A'zam.
@Rishtonakm
205 views00:57
Ochish/sharhlash
2022-08-29 18:41:59
#o'qishga tavsiya etamiz

Tez kelgan boylik, tez ketadi. Egasiga quvonch baxsh etuvchi davlat, asta-sekin, mukammal bilim va og‘ir, mashaqqatli mehnat orqali yig‘iladi. O'zgalar kuchi, mablag‘i, boyligi hisobiga to‘plagan, qo‘lga kiritgan dastmoyalar hech qachon kishiga moddiy va ruhiy halovat bag'ishlamaydi."

"Vavilonlik eng boy odam" (Jorj Samuel Kleyson)

@Rishtonakm
33 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:16:53
Har kuni yaxshi kitob o‘qish natijasida, har qanday qo‘pollik olovda yongandek yonib kul bo‘ladi.

Gyugo
@Rishtonakm
171 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:07:36
#kun_hikmati

Kitob-insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi.

@Rishtonakm
94 views06:07
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:39:55
DUNYOIMSIZ, ONAJON

qisqa hikoya

Bugun men nihoyatda baxtliman. Chunki sakkiz yoshli oʻgʻlim boʻynimdan qattiq quchib:
- Siz dunyodagi eng yaxshi
onasiz, - dedi. Sakkiz yoshli bolamning ishonch bilan aytgan gaplari menga taʼsir qilib, kulib qoʻydim va:
- Qayerdan bilasan, dunyodagi
eng yaxshi onaligimni? Nahotki,
sen dunyodagi hamma onalarni tanisang? - deya soʻradim quvonch bilan.
Uning javobi meni hayratga soldi va men uni qattiq bagʻrimga bosishdan oʻzimni tiyolmay qoldim.
- Men oʻz duyoimni taniyman. Mening dunyoim sizsiz, onajon! - dedi u.

"Dunyoning eng kichik hikoyalari"
kitobidan.

@Rishtonakm
39 views16:39
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:35:18 Farzandingizni kitob bilan do‘stlashishiga harakat qiling!

Bolalarni kitob bilan do‘stlashishlari uchun bir qancha usullarni e’tiboringizga havola etamiz.

1.Farzandingizga kichkinaligidanoq qisqa va qiziq ertaklar o‘qib bering. Kitob, albatta, yorqin va rangli bo‘lsin. Bola rangli narsalarni oson eslab qoladi.

2.Bola o‘qigan kitoblarni birga tahlil qiling. Yanada qiziqtirish uchun esa o‘qiganidan kelib chiqib, so‘zlab yoki chizib berishini taklif eting.

3. Boshqotirmalar tuzib, birga yeching. Ertak qahramonlarini suratini qirqib olib, dilbandingiz bilan birga ularni yaxshi va jaxldor qahramonlarga bo‘ling.

4.O‘qigan kitobi unda qanday taassurot qoldirganligini so‘rang, yoqqan va yoqmaganlarini aytib bersin. Birgalikda mutolaa qilish uchun birga kitob xarid qiling yoki tanlang.

5.Ertaklar to‘plami yoki badiiy asar muallifi haqida qiziq faktlar keltiring, bosh qahramon haqida hikoya aytib, qiziqtiring. Yoki bo‘lmasam kitobni ma’lum qismigacha o‘qing-da, «davomini o‘zing yozib ko‘rchi» deng.

@Rishtonakm
29 views16:35
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:19:00
Nilufar kutubxonasi
Xitoydagi Suchjou universitetining kutubxonasi Nilufar guliga o'xshaydi. Inshoot arxitektori Xitoy qurilish sanoati sohasida eng yuqori mukofot – "Luban" mukofotiga sazovor bo'lgan.
Kutubxona 750 ming kitob to'plamini saqlanadi, ular orasida 150 ming qadimiy kitoblardir. Xitoy va xorijiy tillarda 1500 dan ortiq nomdagi davriylik, 60 dan ortiq ma'lumotlar bazasi mavjud.

@Rishtonakm
40 views08:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:17:24
# oʻqishga tavsiya etamiz

Lev Tolstoy.
Anna Karenina.
Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik koʻp boʻlmasin, ularning hech birida taqdirlar, qismatlar, fojialar, oʻylar, qarashlar bir- birini takrorlanmaydi. Navoiyning Laylisiyu Majnuni, Shekspirning Ottelosiyu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Aytmatovning Jamilasi, Lev Tolstoyning Anna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno boʻlgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi.
Adabiyotdan panoh istagan, adabiyotni maʼnaviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari eʼtiboriga qariyb qirq yillik tanaffusdan soʻng havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari - "Anna Karenina" sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.
@Rishtonakm
33 views08:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:03:34
#Tanlov_uchun
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor
#Ulugimsan_vatanim
124 views17:03
Ochish/sharhlash