Get Mystery Box with random crypto!

Ba’zida kitoblar bilan birgalikda ularni xarid qiladigan makon | Rishton tumani axborot-kutubxona markazi

Ba’zida kitoblar bilan birgalikda ularni xarid qiladigan makonlarimiz ham biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimdan ham eski binolarda joylashgan yohud zamonaviy dizaynlar asosida barpo qilingan kutubxonalar o‘quvchilarning ko‘p diqqatini tortgan.

Bugun sizlarga dunyoning eng mashhur noodatiy 10 ta kitob do‘konini tanishtirib o‘tmoqchimiz.

1. “Selexyz Bookstore”, Gollandiya.

Bu kitob do‘koni 700 yillik tarixga guvoh bo‘lgan qadimiy ibodatxona binosida joylashgan.

2. “Livrario Lello”, Portugaliya.

Neogotik uslubda bunyod qilingan binoda joylashgan bu kitob do‘koni 1906 yilda ochilgan. «Garri Potter» filmining ba’zi sahnalari bu yerda suratga olinganidan so‘ngra u yanada mashhurlikka erishadi.

3. “Cook and Book”, Belgiya.

Gʻayrioddiy dizayn va ko‘rinishga ega bo‘lgan bu kitob do‘konida kitob sotib olmoq bilan birga lazzatli taomlar tanovul qilmoq ham mumkin.

4. “El Ateneo Grand Splendid”, Argentina.

Dunyoning eng mashhur kitob magazinlaridan sanalgan “El Ateneo Grand Splendid”, avvallari kino va teatr markazi bo‘lgan binoda joylashgan. Bu yerda tomoshabin o‘rindiqlari o‘rniga kitob javonlari o‘rnatilgan.

5. “Shakespeare and Company”, Fransiya.

1919 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bu kitob do‘konida turli xil kitoblar bilan birga qadimiy Fransiya me’morligini tomosha qilib ham zavq olmoq mumkin.

6. “Atlantis Books”, Yunoniston.

Egey dengizining sohilida, Santorini mehmonxonasida joylashgan bu kitob do‘koni sayyohlarning eng sevimli joyi hisoblanadi.

7. “Ler Devagar”, Portugaliya.

Lissabonda joylashgan bu kitob do‘konida kafe va restoran ham mavjud. Do‘konda tez-tez kitob yarmarkalari tashkil qilinadi.

8. “Libreria Acqua Alta”, Italiya.

Venesiyada joylashgan bu kitob do‘konining javonlari qayiqning ichiga joylashtirilgan bo‘lib, uni kuzatishning o‘zi ham odamga ilhom bag‘ishlaydi.

9. “Brattle Bookshop”, AQSH.

Bu kitob do‘konining eng maroqli jihatlaridan biri do‘konning bir qismi ko‘chada joylashganidadir.

10. “Livraria da Vila”, Braziliya.

“Livraria da Vila” Braziliyaning eng katta kitob do‘konlaridan biri bo‘lishi bilan birga modern uslubdagi ko‘rinishi odam diqqatini tortadi.

@Rishtonakm