Get Mystery Box with random crypto!

#Kitob_haqida_gaplashamiz OQ NILUFARLAR YURTIDA Ushbu kito | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

#Kitob_haqida_gaplashamiz

OQ NILUFARLAR YURTIDA

Ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud.

O‘z hayotini Rossiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Fransiya kabi mamlakatlarda o‘tkazgan yozuvchi olti yuz yil davomida Shvetsiyaning, so‘ngra Rossiyaning mustamlakasi ostida kambag‘al va mazlum hayot kechirgan Finlandiyaga uyushtirgan ko‘plab sayohatlarida ko‘rgan Fin xalqining milliy uyg‘onishini bu kitobda keltirib o‘tgan.

Milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkin.

Afsuski, taʼlim tizimini mustahkam poydevor asosida qura olmaydigan jamiyatlarning taqdiri halokatlidir.

Mazkur kitobni o‘qish va uni amalda qo‘llash orqali taʼlim tizimimizning takomillashishiga, mamlakatimizning ilmiy-texnikaviy yuksalishiga katta hissa qo‘shish mumkin.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site