Get Mystery Box with random crypto!

Ikki do‘st va ayiq Ikki do‘st o‘rmonda aylanib yurganida to‘s | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy



Ikki do‘st va ayiq

Ikki do‘st o‘rmonda aylanib yurganida to‘satdan ayiqqa duch kelib qolishibdi. Ulardan biri shoshib daraxtga chiqib olibdi va ayiqning changalidan qutulib qolibdi.
Ikkinchisi esa ilojsizlikdan o‘zini o‘lganga solibdi.
Ayiq yerda yotgan kishining oldiga kelib, qulog‘ini hidlab, hatto uni turtib ham ko‘ribdi. Uni o‘lgan deb o‘ylab, unga tegmasdan ketib qolibdi.
Ayiq ketgach, haligi do‘sti daraxtdan tushib kelib:
– Do‘stim, ayiq qulog‘ingga nima deb shivirladi? – deb so‘rabdi.
– U menga qiyinchilik paytida tashlab ketadigan do‘st bilan sayohatga chiqishni yaxshilab o‘ylab ko‘rmabsan-da, dedi, xolos, – deb javob beribdi pastda qolgan kishi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site