Get Mystery Box with random crypto!

IJODKOR QIZLAR IJOD MAKTABIDA Ijodkorni taniydigan, eshitadi | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

IJODKOR QIZLAR IJOD MAKTABIDA

Ijodkorni taniydigan, eshitadigan davra bo‘lgani qanday yaxshi. Ayniqsa, yoshlarning yozganlaridan, ijtimoiy hayotdagi faolligidan boxabar etadigan uchrashuvlarning borligi yanada yaxshi.

Poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bir guruh yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv ana shunday maqsadda tashkil etildi. Respublika Bolalar kutubxonasi hamda Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Zulfiyaxonim qizlari” klubi a'zosi Rohila Guchhiyeva va “G‘uncha” jurnali mas’ul kotibi, bolalar ijodkori Dilfuzaxon Kamoljonova maktab o‘quvchilari bilan samimiy suhbat qurishdi. Kitobxon o‘quvchilar shoira opalaridan chiroyli she'rlar, fikrlar tinglashdi. Bolalik orzulari, yorug‘ manzillarga eltgan maqsadlari zamiridagi kitobga bo‘lgan mehr borasidagi so‘zlari yosh tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida iste’dodli san’atkorlar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar o‘quvchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site