Get Mystery Box with random crypto!

reader 📖

Telegram kanalining logotibi reader_bsh — reader 📖 R
Telegram kanalining logotibi reader_bsh — reader 📖
Kanal manzili: @reader_bsh
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 281
Kanalning ta’rifi

Kitoblar | Iqtiboslar | Va biroz mulohaza
Kitob olib bermoqchimisiz? Marhamat:
9860010133034099
Murojaat uchun: @layla1804
http://t.me/questianonbot?start=1270431113

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-13 16:51:41Xolid Husayniy "Ming quyosh shuʼlasi"

Xolid Husayniy - afgʻon yozuvchisi va ushbu asar ham aynan afgʻon hayoti, toʻgʻriroqi afgʻon ayollari hayoti haqida soʻzlaydi.

Asar oson tilda yozilgan, qisqa muddatda tugatish mumkin. Ammo asardagi voqelar, taqdirlar, tasvirlar yurakni ezar darajada yozilgan boʻlib, beixtiyor hozirgi hayotimiz uchun shukur aytish mumkin.

Yozuvchi oʻz asarida ikki yosh qiz taqdirini bogʻlaydi. Ikkalasi ham hali oʻn besh yoshga kirmay judolikka uchragan, judolik ortidan esa oila qurishga majbur edilar. Ammo, eng daxshatlisi ham shundan keyin boshlandi...

Ilmsizlik, diniy va dunyoviy bilimlarni toʻgʻri tushunmaslik har bir inson hayotini barbod qilishi mumkin. Ayniqsa, ayollarning oilada va davlatda oʻrnining yoʻq boʻlishi ulkan xatodir.

Asar boshidan qaysidir oʻzbek filmi esingizga kelishi, shubhasiz. Biroq, bu ikkalasi umuman boshqa voqealardir.

Yozgi mutolangizda ushbu asar goʻzal oʻrin oladi, degan umiddaman.

reader
406 viewsShahnoza, 13:51
Ochish/sharhlash
2022-06-05 21:14:17 ​#iqtibos

Graf Monte Kristo kitobi yoki filmi bilan tanish boʻlganlar koʻpincha eʼtiborni Edmon Dantes obraziga qaratishadi.

Toʻgʻri uning koʻngli toza, aqlli, kuchli va behisob boylik egasi. Ammo uning asar yakunidagi gʻalabasiga Abbat Farianing ulkan hissasi bor. Ushbu postda asardan olingan ayrim eng sara iqtiboslarni boʻlishmoqchiman (ayrimlari Abbat Faria soʻzlari).

​​Tangrim inson oldida kelajakning pardasini tortib qo‘yadigan kungacha butun insoniyatning aql-idroki quyidagi ikki og‘iz so‘zda mujassamlashgan: kutmoq va umid qilmoq kerak.

Xudoyim oʻzi yaratgan insonga hayot va yashashga cheksiz muhabbatni ham ato etgan ekan, inson ana shu aziz hayotni saqlash uchun qoʻlidan kelgan hamma choralarni koʻrmogʻi kerak.

​Yaxshilab tanlab olingan 150 asar butun insoniyat yaratgan bilimlarning hammasi boʻlmasa-da, har holda kishi uchun foydali boʻlgan bilimlarni bera olarkan.

​Duo baxtsiz kishi gʻam-gʻussada Xudoga iltijo qilib, ularga chuqur maʼno bagʻishlamaguncha, baxtlilar uchun bir xildagi quruq soʻzlar yigʻindisi boʻlib qolaveradi.

​Inson baxtga bunchalik oson erishmasligi kerak! Baxt - eshiklarini ajdaholar toʻsib turadigan afsonaviy saroylarga oʻxshaydi. Uni egallab olmoq uchun kurashmoq kerak
.

Ha, Aleksandr Dyuma haqiqatda shoh asar yaratgan.

reader
486 viewsShahnoza, 18:14
Ochish/sharhlash
2022-06-01 20:18:54
435 viewsShahnoza, 17:18
Ochish/sharhlash
2022-06-01 10:19:03"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

Bugun uyimizdagi jajji bolajonlarga yoki oʻzimizga ham sovgʻa sifatida biror kitob hadya qilishimiz mumkin.

Antuan de Sent Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"

Lewis Carrol "Alice's adventures in wonderland"

Roald Dal "Matilda" va "Charli va shokolad fabrikasi"

Joan Roulling "Garri Potter"

Hans Kristian Andersenning ertaklar toʻplami

Xudoyberdi Toʻxtaboyevning barcha asarlari

Robert Luis Stivenson "Xazinalar oroli" va "Merosxoʻr"

Jyul Vern "Kapitan Grant bolalari"

Aleksey Nikolayevich Tolstoy - "Buratino"

Mark Tven "Tom Soyerning sarguzashtlari"

Gʻoya @panda_books kanalidan olindi.

P/S. Oʻzim "Matilda"ni xohlayapman.

reader
457 viewsShahnoza, 07:19
Ochish/sharhlash
2022-05-29 09:56:27 ​#watching

Bugun dam olish kuni. Koʻpchilikning rejasida birorta yaxshi kino, serial, multfilm tomosha qilish bor. Agar sizda aniq bir tanlov boʻlmasa, ushbu post aynan siz uchun.

Serial:

Emily in Paris - koʻproq qizlar uchun (yigitlarga ham mumkin, albatta :)) moda, yangi ish, yangi hayot, yangi doʻstlar davrasidagi pozitiv amerikanka qiz haqida.

Queen's Gambit - bu serialning kitobi allaqachon mashhur boʻlib ulgurgan. Serial va kitob orasidagi tavofutdan xabarim yoʻqku, ammo motivatsiya olish uchun yaxshi serial.

Multfilm:

Encanto - 2021-yilda mashhur boʻlgan multfilm. Har bir oila aʼzosining oʻziga xos moʻjizaviy iqtidori bor. Ammo aynan bir nafar aʼzoga bunday iqtidor berilmasa-chi? Javobni ajoyib multfilmni tomosha qilib olishingiz mumkin.

Ron's gone wrong - ijtimoiy tarmoqlar va haqiqiy doʻstlik orasidagi farqni ochib bergan multfilm.

Coco - musiqani sevuvchi bolakay bobosi bilan birga koʻp qiyinchiliklarga duch keladi. Asosiy mavzu - oilaga muhabbat.

Seriallarni @netflix_seriesbot va multfilmlarni @cartoonsinenglishiwithsubtitl kanalidan topishingiz mumkin.

Have a good watching

P/S. #watching heshtegida yana koʻplab maʼlumotlar topishingiz mumkin.

reader
444 viewsShahnoza, edited  06:56
Ochish/sharhlash
2022-05-28 19:29:01
purple | books
353 viewsShahnoza, 16:29
Ochish/sharhlash