Get Mystery Box with random crypto!

ReadClub_uz | Birga kitob o`qiymiz!

Telegram kanalining logotibi readclub_uz — ReadClub_uz | Birga kitob o`qiymiz! R
Telegram kanalining logotibi readclub_uz — ReadClub_uz | Birga kitob o`qiymiz!
Kanal manzili: @readclub_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 44
Kanalning ta’rifi

Salom, kanalimga xush kelibsiz☺️
Bu kanalda o`qish shart bo`lgan jaxon adabiyotini birgalikda o`qiymiz, taxlil qilamiz va fikr bildiramiz!
Admin: @LobarBadalova
Dasturlash: @codecafe_uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-09 09:41:38
Odamlar faqat o`zini o`ylaydimi?

"38ta o`qimishli, hurmatli insonlar o`z qo`shnisi bo`lgan ayolning o`ldirilishini jim kuzatib turishdi. Odamlar shunchalik egoist bo`lib ketishdimi? " bu New York Times gazetasida chop etilgan maqolaning sarlavhasi. Surishtirishlar olib borilganda, qo`shnilar juda charchaganligi, baqir-chaqirni er-xotin urushi deb uylashganligi kabi baxonalarni aytishdi.

Har yili amerikaliklar 300milliard dollarlik xayriya qilishadi, bu yuqoridagi egoizmning teskarisi emasmi?

Odamlar yaxshi ham yomon ham emas.

Ular shunchaki sharoit, motivatsiyaga qarab ish yuritishadi. Bir ayolning o`ldirilishida uni qutqarish o`z hayotini juda katta xavfga qo`yish degani, lekin 100$ xayriya qilish bunchalik ham katta yo`qotish emas. #Freakonomics
122 viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2023-01-08 08:54:08
Nimaga buncha noshukrsan”? Yoki nimaga ayollar erkaklardan 2marta ko’p depressiyaga tushadi?

1. Ayollarda gormonal o’zgarishlar ko’p bo’ladi-buni biologik ‘omadsizlik’ desa ham bo’ladi. Bir xil sharoitda yashayotgan bo’lishiga qaramasdan gormonal o’zgarishlar tufayli 15% ko’proq ayollarda asabiylik kuzatiladi.
2. Ish-hayot balansi buzilishi sababli ulgurmaslik, charchash. Ayollar kun bo’yi ishda ishlab, kechga bolalari ga g’amxorlik qilishi, uy ishlari bilan shug’ullanishi kerak.

Keyingisi safar xotiningiz arzimagan narsaga asabiylashayotgan bo’lsa, unga “Nega bunchalik noshukrsan?” demasdan, uni tushunasiz degan umiddaman.
110 viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2023-01-06 08:37:53
Terroristlardan nega hamma qo`rqadi?
"Har yili 0.0004% odam terrordan, 0.02% esa avto halokatdan vafot etadi (50 marta kam) ". Lekin nega terroristlar mashinalardan ko`ra bizni ko`proq qo`rquvga soladi?
Amerikadagi egizak binolar portlatilgan 33milliard dollar zarar yetqazildi, odamlar ko`chaga chiqmasdan vahimaga tushib qoldi, ekonomika to`xtadi. Vaholanki, bu terrorni 19 kishi 330, 000$ ga uyushtirishgandi. Terroristlar kam bo`lishiganligi uchun ularni topish qiyin va ular ma`naviy, moddiy katta talofat yetqazishadi.
Har yili dunyo bo`ylab 560 million odam aeroportda 1 daqiqa davomida tekshiriladi, agar hisoblab ko`rsak bu 14ta odamning 70 yillik umrini sovurishdir. Bu xech qanday terrorsiz ular kamida 14ta odamni yiliga "o'ldirishadi" degani." #Freakonomics
201 viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2023-01-06 07:46:02
Data nimaga kerak?
"Doktor C.Feid 90-yillarda Washington kasalxonasida ishlardi. Bemorlar soatlab vaqtini kasalxonada o`tqazishar va tizimning ishlashi shunchaki "musor" edi.

U va dasturchi do`sti Mark bu muammoni yechimini topish uchun ma`lumot yig`ishni boshlashdi. Xar bir doktor o`zi qabul qilgan bemorni yoshi, qachon kelgani, shikoyati kabi ma`lumotlarni yozib borishi shart edi.
Uzoq vaqt qiyinchiliklardan keyin ular maxsus kompyuter dasturi yaratib, 300 turdan ortiq ma`lumotlarni saqlashni tizimga tushirishdi.

Bu orqali shifokorlar effektivligi 25%ga, ish hajmi 50%ga oshdi, chunki ular bemor haqidagi ma`lumotni soniyalarda topishar, kasallik varaqasini titishga hojat yo`q edi. Microsoft bu dasturni sotib oldi va Amerikadagi barcha kasalxonalarga o`rnatdi.
Bu hali hammasi emas yig`ilgan data yordamida qaysi vaqtda eng ko`p bemor kelishi, qaysi kasallikdagi bemor o`lish (tuzalsa, qanchadan keyin) shansi ko`proqligi kabi ko`plab qiziqarli savollarga javob olish imkoniyati tug`ildi." #Freakonomics
179 viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:40:01 Davomi: Amerikadagi notijorat tashkilot qizlarni himoya qilish dasturi bilan boradi va guvohi bo`ladiki umurtqasi qiyshaygan qiz chaqaloqlarni 2.5$ evaziga ota-onalari o`ldirtirib yuborishardi.

Bundan tashqari, so`rovnoma o`tqazilgandi, unga ko`ra 51% erkaklar, 54% ayollar erlari agar xotini ovqatni kuydirib yuborsa yoki ruxsatsiz ish qilsa urish normal holat deb qarashardi. Uzi zo`rg`a yashaydigan aholi, UZI qildirish uchun pul topar va qizlarni abort qildirib tawardi.

Shu sababli, hozir ayollar va erkaklar proportsiyasi Hindistonda buzilgan. Davlat bu holatga kurashish uchun ko`plab islohatlar olib bordi lekin buning foydasi bo`lmadi.

Faqatgina bir narsa-Televizor bu holatni o`zgartira oladi.

Televizorda yevropa ayollarining erkin, erkaklar bilan teng holatda ishlashi yashashi hind ayollarini ham fikrlashini o`zgartirdi. So`rovlarga ko`ra uyida televizori bo`lgan oilalar qizlarini maktabga jo`natishar, erkaklarni urishiga salbiy fikr bildirishar edi.
Televizori yo`q aholi esa eski fikrlarida qolishgandi. Bundan tashqari uyida televizori bor erkaklar ham ayollarini kamroq urishardi, balki ular vaqtlarini televizorda kriket tomosha qilish uchun ketqizishgandir;)" #Freakonomics.
168 viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:29:43
"Agar qaysi davlatda tug`ilishni tanlash imkoniyati bo`lsa, Hindistonni tanlash yaxshi g`oya emas.

Hindiston ekonomikasi rivojlanishiga qaramasdan hali ham 60% aholi qiyinchilikda yashaydi.

Ayniqsa, ayollarni urish, past nazarda qarash odatiy holat. Qiz bola turmushga chiqsa, sarpo qilish va to`yni o`tqazishi kerak. Bundan tashqari, kuyov tomonga qimmatbaho sovg`alar jo`natishi kerak (bu odat biz Bobur avlodlaridan borgan bo`lsaya deb o`ylab qoldim;) , uy olib bersa undan ham yaxshi. Shuning uchun qizlarni xech kim hohlamaydi, o`g`il bola esa pensionniy fond, qariganda ota-onasining kuniga yaraydi...
151 viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:13:35
"Qabilalar davrida yashash biz uchun judayam qo`rqinchli tuyuladi, xech qanday sharoitlarsiz odamlar qanday yashagan ekan deb o`ylaymiz. Lekin ular bizdan baxtliroq yashagan bo`lsachi? Afsuski, tarix bu kabi savollarga javob bermaydi.

Lekin, 50 kishidan tashkil topgan qabilada yashovchi 18 yoshli yigit o`zini eng kelishgan deb hisoblagan, chunki undan boshqalar yoki qarigan yoki hali yosh bola. U o`zini atrofidagilardan kelib chiqib fikr qilgan. Bizchi? Hozirgi davrda barcha 18 yoshli yigitlar ham o`zini eng kelishgan deb xursand qila olmaydi, ular ijtimoiy tarmoqlarni kuzatadi va o`zini mashxur aktyorlar, modellar yoki sportsmenlar bilan tenglashtirib ko`radi va o`zidan qoniqmaslik vujudga keladi.

Baxt insonni o`zidan boshlanadi deyishadi, bizning baxtli bo`lishimiz miyamizdagi fikrlarga bog`liq, tashqi ta`sirlarga emas. Katta narsalarni umid qilish tufayli hozirda ko`pchilik tushunlikka tushib qoladi. " Navari, #Sapiens
137 viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2023-01-04 11:29:00 "Qadimda agar bir yil tinchlik bo`lsa, keyingi yil urush bo`lishini muqarrar edi.

2011-yilga kelib urush sababli o`lgan odamlar soni 1.3% ni tashkil qilgan (Bu 16-17asrlarga solishtirganda juda ham past ko’rsatkich) bo`lsa, o`z joniga qasd qilgan aholi 1.45%ni tashkil qiladi.

Tinchligizmizning asosiy sababi 2ta:
1. Urushning juda ham qimmatlashib ketkanligi
(Atom bombasi yaratilgach barcha davlatlar katta urush boshlanishidan qo`rqib qolishdi, chunki qurolli kuchlar, askarlar soni endi eng muhim ko`rsatkich bo`lmay qoldi.)
2. Urush natijasida oladigan foyda zararga solishtirganda juda kamligi.
(Qadimda bosib olingan davlatlar boyliklari moddiy bo`lib talon taroj qilish imkoniyatiga ega bo`lishgan, hozir esa boylik bu inson omilidir.
Agar hozir Xitoy Silicon Valleyga tankalarini olib borib eng boy shaharni bosib olmoqchi bo`lsa, Silicon Valleydagi katta kompaniyalar egalari bu xabarni eshitishi bilan tanklar yetib kelishidan oldin Mumbay yoki Londonga samalyotda yetib kelishadi va ularning banklardagi pullariga xech kim dahl qila olmaydi, sanksiyalar Xitoyning iqtisodini izdan chiqaradi. Undan ko`ra tovarlarini Amerikaga sotish orqali Xitoy ko`proq foyda qiladi. Shuning uchun urushni hohlovchilardan ko`ra, tinchlik uchun kurashuvchilar ko`proq.)
"
Nahari, #Sapiens
137 viewsedited  08:29
Ochish/sharhlash
2023-01-04 07:18:46 “Agar yashash uchun sababing bo’lsa, sabring ham bo’ladi.”
115 views04:18
Ochish/sharhlash
2022-12-27 13:10:09 Butun dunyo bir yil davomida 500 exaJoul energiya sarflar ekan, bu energiyani quyosh bizga 90 daqiqada beradi.
128 views10:10
Ochish/sharhlash