Get Mystery Box with random crypto!

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul q | DAVLAT TEST MARKAZI

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi.

1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ushbu qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Birlashgan millatlar tashkiloti, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari peshtoqida, sport musobaqalarida, xalqaro anjumanlarda, umuman xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda!

Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6