Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash t | DAVLAT TEST MARKAZI

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2021-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 smenada, Toshkent shahrida esa 2 smenada bo‘lib o‘tadi:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 246 ball bo‘lib, fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

ona tili – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

matematika – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

O‘zbekiston tarixi – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball);

chet tili – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball).

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining dxx.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6