Get Mystery Box with random crypto!

Xotira — insonni turli ma'lumotlarni ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz | Rashidovna academy

Xotira — insonni turli ma'lumotlarni ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda eslab qolib, kerakli paytda ishlata olish qobiliyati.

Ma'lumotlarni eslab qolishimiz 2 xil ko'rinishda bo'ladi:

• ixtiyoriy (o'zimiz xoxlab eslab qolamiz)
• ixtiyorsiz (xoxlamasak ham miyamizda qolib ketadi)

Ma'lumotlarni saqlash muddatiga qarab xotira 2 xil turga ajraladi bor:

• uzoq muddatli
• qisqa muddatli

Yuqoridagi 2 ta xolat aralashib xotirani 4 xil xotira turlarini yuzaga keltiradi✓

Ixtiyoriy qisqa muddatli xotira:

O'zimiz xoxlab qaysidir ma'lumotni esda saqlashga harakat qilamiz, lekin malum muddatdan keyin xotiramizdan o'chib ketadi. (Sababi qayta takrorlab turilmaydi)

Ixtiyorsiz qisqa muddatli xotira:

Inson birdaniga atrofdagi 7 tagacha ma'lumotni saqlab qola oladi o'zi istamasa ham. Lekin bu ma'lumotlar bizga kerak bo'lmaganligi uchun va qaytib eslanmaganligi uchun xotiramizdan o'chib ketadi.

Ixtiyoriy uzoq muddatli xotira:

Bizga kerakli ma'lumotlarni eslab qolamiz va uni qayta qayta takrorlab turish orqali uzoq muddatgacha xotiramizda saqlab qola olishimiz.

Ixtiyorsiz uzoq muddatli xotira:

Atrofimizda bo'ladigan emotsianal voqealar bizni xotiramizda istamasakda uzoq muddat saqlanib qoladi. Misol uchun: kulguli voqealar yoki qo'rqinchli xolatlar (avariya, anegdot va hokazo)

Xotirangizni qanday ishlata olish bu aynan sizga bog'liq!

@Rashidovna_academy bilan birgalikda rivojlaning