Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli texnologiyalar

Telegram kanalining logotibi raqamlitexno — Raqamli texnologiyalar R
Telegram kanalining logotibi raqamlitexno — Raqamli texnologiyalar
Kanal manzili: @raqamlitexno
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 302
Kanalning ta’rifi

Raqamli texnologiyalar, Fan, Texnika, Ilm, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchilar uchun Raqamli texnologiyalar kafedrasi kanali

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-10-08 18:03:18 Tavsiya etamiz..

#literature

Svetlana Aleksievich
"Urushning ayoldan yiroq qiyofasi"

Qarindoshlaridan hech kim qolmagan edi, qoraxatni kimga yuborishni bilmadik...
288 viewsRahimberdiyeva Yulduz Jahongirovna, 15:03
Ochish/sharhlash
2022-10-08 18:03:18
24 soat ichida o'simliklar qanday harakat qiladi

Va shuningdek, yopiq xonada o'simliklar yorug'likka muhtoj, aks holda ular karbonat angidrid o'rniga kislorod iste'mol qila boshlaydilar
276 viewsRahimberdiyeva Yulduz Jahongirovna, 15:03
Ochish/sharhlash
2022-10-08 13:56:17
Yoshlikdan eng inja orzuyim bor. Ustozlik! Lekin bu hali nasib etmadi. Har gal maktab oʻquvchilarini koʻrib qolsam, qalbim oʻksiydi. Hali hayot oldinda-ku muallimlikdan ham zerikadigan kunlaring boʻladi deb oʻzimni chalgʻitaman, ovunaman oʻz daldalarimga) Aslida shu mavzuda bir nimalar yozgim keladi, iyson boʻlmasin deya qoʻrqaman, chekinaman.

Ammo lekin, bir singlim sabab Alloh ustoz soʻziga loyiq koʻribdi, hamd! His qilganlarimni original qilib yozolmadim... Oʻzi qoidasida shunaqa boʻladi-ku a?!
Bilmadim ustoz sózini eshitish qalbimdagi ba'zi tuyģularni uyģotadi

Rahmat, koʻp rahmat!
282 viewsRahimberdiyeva Yulduz Jahongirovna, edited  10:56
Ochish/sharhlash
2022-10-08 13:47:44
Kechirish bilan voz kechish orasidagi nozik nuqta:

Kimnidir hech qachon kechirolmasligingni tushunib yetganingda undan voz kechasan...

Kimdandir hech qachon voz kecholmasligingni tushunib yetganingda uni kechiraverasan...
290 viewsRahimberdiyeva Yulduz Jahongirovna, 10:47
Ochish/sharhlash
2022-10-08 13:46:37
#Excel 6-dars
279 viewsRahimberdiyeva Yulduz Jahongirovna, 10:46
Ochish/sharhlash
2022-10-07 13:14:59
Barcha qiziquvchi talabalarni EuroPrint korxonasiga "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif qilamiz!

Tadbirda:
korxona bo‘ylab sayohat;
ish jarayoni bilan tanishuv;
korxona xodimlari bilan erkin muloqot;
barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Korxona faoliyati bilan tanishish istagidagi talabalardan ertaga, 8-oktyabr kuni soat 10:00 da universitetning Startaplar va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti xonasiga kelishlari so‘raladi.

Tadbir davomida suhbatdan o‘tib, korxonaga ishga joylashish imkoniyati ham mavjud!
336 viewsFarxod, 10:14
Ochish/sharhlash
2022-10-07 09:24:45
Mamlakatimizda IT-taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini, “Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi zamirida ishtirokchilarni rag‘batlantirishga ajratilayotgan mablag‘ miqdori hamda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida “Bir million dasturchilar” loyihasini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olingan edi.

Loyihaning 3 yillik faoliyati davomida:

O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida 10dan ziyod tanlovlar o‘tkazilib, ular g‘oliblariga jami 102 ming AQSH dollari (1,1 mlrd. so‘m) miqdorida sovg‘alar topshirildi;

2021 yilda eng yuqori natija ko‘rsatgan 2 ta umumtaʼlim maktablari direktorlariga «Spark» rusumli avtoulovlar hamda ushbu maktablar jamoalariga noutbuk va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi;

Har yili eng munosib deb topilgan 100 nafar (3 yilda jami 300 nafar) informatika fani o‘qituvchilariga BHMning 20 barobari miqdorida bir martalik mukofot pullari va sertifikatlar taqdim etildi (jami 1,5 mlrd. so‘m);

Loyihaning 3 yillik sarhisobi natijalariga ko‘ra, 10ga yaqin nominatsiyalar g‘oliblariga jami 2,5 mlrd. so‘mlik sovg‘alar berildi (“Coursera online” platformasida o‘qishga 1000 dan ortiq sertifikat, Smart sinflar, noutbuk va boshqa sovg‘alar);

BAA tomonidan “Bir million o‘zbek dasturchilari” platformasi hamda loyihani boshqarish uchun 450 ming AQSH dollari (qariyb 5 mlrd. so‘m) miqdorida investitsiya kiritildi;

Hududlarda xokimlar tashabbuslari bilan turli tanlovlar o‘tkazilib, munosib bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchilar ko‘plab sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu loyiha yurtimizda IT-taʼlimini rivojlantirish hamda yoshlarni dasturlash sohasiga qiziqtirishga katta turtki berib, minglab yoshlar kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishga birinchi qadamlar qo‘yishdi.

Bularning barchasi mamlakatimizda IT-taʼlimiga bo‘lgan eʼtiborning yuqoriligidan dalolat beradi!

https://t.me/rkarimjonov
348 viewsFarxod, 06:24
Ochish/sharhlash
2022-10-07 07:54:47 Olim bo‘lgin yoki ilm o‘rganuvchi yo ilmga quloq soluvchi bo‘lgin yoki bu toifa insonlarga muhabbatli bo‘l. Aslo beshinchi toifa bo‘lma, halok bo‘lasan.

Hadisi sharif
330 viewsFarxod, 04:54
Ochish/sharhlash
2022-10-04 18:27:37 Ushbu lugʻat zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha eng foydali qoʻllanmalardan biri boʻlib sohaga oid soʻzlarni izohi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin
430 viewsFarxod, 15:27
Ochish/sharhlash
2022-10-04 18:26:14 AKT izohli lugʻati
422 viewsFarxod, edited  15:26
Ochish/sharhlash