Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 94.43K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-11-27 16:10:20 O'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

telegram | facebook | youtube
47.5K views13:10
Ochish/sharhlash
2023-11-24 18:02:16
#happy_time

O'z o'quvchilaringiz bilan qiziqarli darslar o'tish uchun yana bir nechta qiziqali tavsiyalar.

Marhamat, darsingizda ulardan foydalaning!

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
29.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-11-24 17:02:01
Noutbuk kerakmidi? Mana sizga olam-olam noutbuk!

Noutbuk sotib olish bunchalik oson bo'lmagan. Shunchaki @noutbuk_noutbook_notebook_laptop kanalimizga obuna bo'ling, o'zingizga yoqqan noutbukni tanlang va qo'ng'iroq qiling!

Barcha turdagi ehtiyot qismlari ham mavjud

3, 6, 12 oyga bo'lib to'lashlikka ham o'zbekiston bo'ylab qiberamiz

Ha, albatta, bizda bepul yetkazib berish xizmati ham bor!

Kanalimizga o'tavering, kelishtirib beramiz:

@noutbuk_noutbook_notebook_laptop

+998970402661
       +998900562661

Adminga murojaat: @hero2424
24.9K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-11-24 10:59:31
Samarqandlik o'quvchi O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioni bo'ldi

Italiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Samarqand shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Afruza Hamdamova muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Bu orqali Afruza Hamdamova O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.

Telegram | Facebook | Youtube
20.3K views07:59
Ochish/sharhlash
2023-11-24 08:41:49 Maktab direktorligiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslariga sohadagi istalgan nomzod ishtirok etishi mumkinmi? Asosiy talablar nimalardan iborat?

Nomzodlar vazirlikning hududiy boshqarmalari tavsiyasiga asosan ixtiyoriy ravishda qabul qilinishi ko’zda tutilgan. Bunda ular maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi hamda menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Nomzodlar kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga, ta’lim sohasida besh yillik pedagogik ish stajiga, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich darajasi hamda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Manba

Telegram | Facebook | Youtube
21.9K views05:41
Ochish/sharhlash
2023-11-23 09:28:21 Boshqa bir fan o‘qituvchisi ingliz tilidan sertifikat olsa, unga ham ustama to‘lab beriladimi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lab berish tizimi yo'lga qo'yildi.

Yuqoridagi farmonda esa o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlar nazarda tutilgan.

Yaʼni, fan o‘qituvchisi o‘zi dars bermaydigan boshqa bir fan bo'yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda ham ularga ushbu ustamalar to‘lab berilmaydi.

Manba

Telegram | Facebook | Youtube
28.1K views06:28
Ochish/sharhlash
2023-11-22 16:08:37
Nima uchun pedagoglar o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatishga majbur bo‘lmoqda?

So‘ngi yillarda pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Ushbu dolzarb masala yuzasidan Xalq ta'limi Info loyihasi "O‘quvchini kaltaklash eng oxirgi chorami?" mavzusida 10 yillik tajribaga ega bo‘lgan amaliyotchi psixolog, konsultant Akobr Abdullayev bilan suhbat uyushtirdi.

Suhbatning to‘liq shaklini Xalq ta'limi Info kanalining “Youtube” sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Marhamat suhbatni tomosha qiling va o‘z fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Suhbatni ko‘rish:



Telegram | Facebook | Youtube
33.9K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-11-22 08:42:34
#yangiliklar

Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari Buyuk Britaniyaga bir haftalik sayohatga jo'nab ketishibdi.

Bu ham albatta katta motivatsiya yoshlar uchun.

telegram | facebook | youtube
28.7K views05:42
Ochish/sharhlash
2023-11-22 07:23:59 Maktabda nechta kutubxonachi ishlashi kerak?

Xalq taʼlimi vazirligining Moliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda imzolagan (28.12.2019) 406-sonli buyrug‘iga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari belgilangan.

Mazkur meʼyoriy hujjatga muvofiq kutubxonachi hamda kutubxona mudiri lavozimi yuqori sinf komplektlari soniga qarab quyidagi miqdorlarda kiritiladi:

Kutubxonachi lavozimi:

1-10 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 0,5 shtat birlik;

11-16 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 1 shtat birlik;

Kutubxona mudiri lavozimi:

17-29 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 1 shtat birlik.

Sinf komplektlari soni 30 va undan yuqori bo‘lganda 1 shtat birlik kutubxona mudiri va 0,5 shtat birlik kutubxonachi lavozimi kiritiladi.

Manba

telegram | facebook | youtube
31.1K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-11-20 15:01:21 Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi 197-sonli Farmoniga asosan, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi 190-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.

telegram | facebook | youtube
24.3K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash