Get Mystery Box with random crypto!

Qishki taʼtilning boshlanish sanasi oʻzgardi Talaba va oʻquvc | Raqamli pedagogik xizmatlar

Qishki taʼtilning boshlanish sanasi oʻzgardi

Talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryoʻl va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan eʼtiboran qoʻllanishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻiga asosan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga koʻchirilganligi maʼlum qilinadi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |