Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar 2022-yildan O‘zbekistondagi yeta | Raqamli pedagogik xizmatlar

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yildan O‘zbekistondagi yetakchi 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, quyidagi vakolatlar boʻyicha moliyaviy mustaqillik berildi:

ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;
talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.

Shuningdek, qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining 10 ta vakolati belgilab berildi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berildi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |