Get Mystery Box with random crypto!

Giperaktiv o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchilar uchun ama | Raqamli pedagogik xizmatlar

Giperaktiv o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar (DAVOMI)

2.Ko’rsatilgan muvaffaqiyat uchun motivatsiya muhitini yaratish:
-Bolalarni baholashda belgili tizimdan (harflar, shakllardan) foydalaning;
-Bolani tez-tez maqtang;
-Darslarni jadval asosida doim o’z vaqtida o’ting;
-Diqqatini jamlashda qiynaladigan bolalarga haddan tashqari yuqori yoki kamsitadigan talablar qo’ymang;
-Muammoli vaziyatlar orqali ta’lim berish tizimini kiriting;
-Darslarni o’yin yoki musobaqa tarzida o’tishga harakat qiling;
-Bolaning imkoniyatlari doirasida vazifalar bering;
-Katta topshiriqlarni alohida qismlarga ajratgan holda erinmay tushuntiring;
-Shunday vaziyatlar yaratingki, unda giperaktiv bola o’zining kuchli tomonlarini ko’rsata olsin va ma’lum bir bilim doirasida ekspert vazifasini bajarsin;
-Bunday bolalar xulqining yomon jihatlariga e’tibor qaratmasdan yaxshi tomonlarini oshirishga harakat qiling;
-Ijobiy emotsiyalarda o’qish jarayonini tashkil eting;
-Eng muhimi bola bilan kelishishga ko’proq harakat qiling, aksincha uni sindirishga emas;

3.
Xulq atvoridagi negativ jihatlarini to’g’rilash:
-Bolaga nisbatan tajovuzkor harakatlar qilishdan saqlaning;
-Ularni normal ijtimoiy muomala qoidalariga o’rgating;
-Sinfdoshlari bilan yaxshi munosabatlarda bo’lishida ko’maklashing;

rus tilida (на русском языке)

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |