Get Mystery Box with random crypto!

#pedagogik_tavsiyalar Giperaktiv o’quvchilar bilan ishlashda | Raqamli pedagogik xizmatlar

#pedagogik_tavsiyalar

Giperaktiv o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar

Giperaktiv bolalar odatda serharakatchan va turg’un holda bir joyda uzoq o’tirishga qiynaladigan, to’palonchi hamda sinfdoshlarining jig’iga tegishni yoqtiradigan bolalar bo’lishadi.

Giperaktiv bolalarning o’zlashtirishini yaxshilashda va o’zlaridagi bu sindromga qarshi irodali kurashishda maktab dasturida quyidagilarga e’tibor qaratilishi kerak:

1.Bolani qurshab turgan atrof-muhitga e’tiborli bo’lish:
-Giperaktiv va diqqatini jamlashda qiynaladigan bolalar sindromi haqidagi neyropsixologik ilmlar bilan tanishib chiqing;
-Giperaktiv bolalar bilan alohida tartibda ish olib boring. Ular har doim sizning ko’z o’ngingizga yaqin joyda- masalan doskaga yaqin birinchi qatorda o’tirishi lozim;
-Bunday o’quvchilarning o’tirishlari uchun eng optimal joy bu- o’qituvchi partasiga tutash birinchi qator partasi;
-Dars davomida jismoniy mashqlar o’tkazib turing;
-Har 20 daqiqada bunday bolalarga o’rnidan turishga va sinf bo’ylab yurishga ruxsat bering;
-Bola qachonki o’zida bu sindrom natijasida qiyinchilik sezganda tezda sizga murojaat qilishga imkon yaratib bering;
-Ulardagi energiyani foydali ishlarga yo’naltirishga harakat qiling: doskani tozlash, daftarlarni tarqatish va h.k;

rus tilida (на русском языке)

DAVOMI BOR...

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |