Get Mystery Box with random crypto!

Kecha kechqurun Kvanju shahrida taxminan 19 yoshli O‘zbekiston | Rano opa

Kecha kechqurun Kvanju shahrida taxminan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Yigit 24 soat ishlaydigan do‘kondan 28 000 von (=22 dollar)lik tovarlarni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda.

Politsiya gumonlanuvchini militsiya bo‘limiga olib borgan, biroq mashinadan tushgach, qo‘lga olingan shaxs uni kuzatib borayotgan politsiya xodimining yuziga urib, qochib ketgan.

Barmoq izlari va videokuzatuv kameralari tahlili natijasida shaxsi aniqlanganidan 3 soatda universitet yotoqxonasida qo‘lga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yigit shu yilning sentyabr oyida universitetga o‘qishga kelgan talaba bo‘lgan.