Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga o | Rano opa

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida kemasozlik sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar 2023-yil 27-28-noyabr kunlari Agentlik taqdim etadigan havola orqali anketa to'ldirib, ushbu anketa raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28$ miqdorodagi toʻlovni amalga oshirgan holda onlayn ro‘yxatdan o‘tish rejalashtirilgan.

Eslatma!

Kemasozlik sohasi uchun ajratilgan kvota soni 1221 ta ekanini inobatga olgan holda ro'yxatga olish jarayoni nomzodlar sonining 3 barobari, ya'ni 3663 nafarga yetganidan so‘ng to‘xtatiladi.


Eps-topik test imtihonida qatnashish uchun:

1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
2. 18 yoshga toʻlgan (2005-yil 27-noyabr sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1983-yil 28-noyabr sanasidan keyin tugʻilgan);
3. Koreys tilini biladigan;
4. Xorijga chiqish uchun ta’qiqi boʻlmagan;
5. Sogʻlom, yuqumli kasallikka chalinmagan;
6. Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yoʻq;
7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan;
8. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.

Roʻyxatdan oʻtish va yuklash uchun zarur maʼlumotlar:

1. Telefon raqami;
2. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
3. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (150x190 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).

Pasport va rasmni yuklash tartibi

4. Yashash manzili (viloyat, tuman, MFY, koʻcha va xonadon).

Maʼlumotlar faqat lotin alifbosida kiritilishi zarur.

Maʼlumotlari xato yuklangan yoki kirtilgan nomzod testda qatnasha olmasligi yoki testdan muvafaqqiyatli oʻtgan taqdirda ham unga viza rad etilishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀- 𝐄𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑!

𝐇𝐔𝐉𝐉𝐀𝐓 𝐈𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑𝐈
ISHONCHNOMA, ROZILIK XATI
PRAVA, DIPLOM APOSTIL
Nikoh qayd etilmaganligi haqida va Sudlanmaganlik to'g'risida ma'lumotnomalarni olib berish, tarjima va APOSTIL qilish hizmati.
Taklifnoma tuldirib berish xizmati
Тел :010-2708-6457


RA‘NO OPA KOREYA

𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫!