Get Mystery Box with random crypto!

Bu dunyoda mexr oqibat ustun, Musofir yurtlarda yurganing uchu | An Ordinary Man

Bu dunyoda mexr oqibat ustun,
Musofir yurtlarda yurganing uchun.
Sog'inib intizor kutib turganda,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?

Har zum xavotirda soatga qarab,
Har kun duosida omading so'rab.
Gohida pinhona sog'insa yigʼlab,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?

O'zing uchun yelib, baxtingni topding,
Do'stu oshnolarga vaqtingni topding,
Shu kunlarga yetib qadringni topding,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?

Nogahon bolanga bir ozor yetsa,
Ko'zinga dunyo tor, kuning bo'lar tun,
Sen deb tunlari beorom o'tsa,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?

Onasi qololmay darddan qutqarib,
Mozorga borarlar gullar ko'tarib,
Mexrga zor bo'lib qolibdi qarib,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?

Mana shu kunlarda bir o'ylab ko'rgin,
O'zing uchun olding qancha zo'r kiyim,
Aytgin onang uchun ne qilding do'stim,
Bir marta qoʻngʻiroq qildingmi bugun?

@rakhmonalievs_blog