Get Mystery Box with random crypto!

Uygʻondim yurak yutib uyg'ondim, Ko'ngil sogʻinchin tuyib uyg' | An Ordinary Man

Uygʻondim yurak yutib uyg'ondim,
Ko'ngil sogʻinchin tuyib uyg'ondim.
Umid yo'lini kutib uyg'ondim,
Vatanim seni, seni sogʻindim.

Ko'ngilday oqarib tonglar otganda,
Noming takrorlab tun uyg'otganda,
Vatanim seni, seni sogʻindim.

Shohlarda shivirlar so'ngi yaproqlar,
Derazam chaqnatar kuzgi chaqmoqlar,
Dilimda bosilmay ajib bir titroq,
Vatanim seni, seni sogʻindim.

Go'daklardan so'radim vatan onam dedilar,
Onalardan so'radim vatan bolam dedilar,
Bobolarim pok tuprogʻin iymon dedilar,
Vatanim seni, seni sogʻindim.

@rakhmonalievs_blog