Get Mystery Box with random crypto!

Raimbayev Elmurod | Rasmiy blog

Telegram kanalining logotibi raimbaev_elmurod — Raimbayev Elmurod | Rasmiy blog R
Telegram kanalining logotibi raimbaev_elmurod — Raimbayev Elmurod | Rasmiy blog
Kanal manzili: @raimbaev_elmurod
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.50K
Kanalning ta’rifi

Bu yerdagi postlar qisqa bo'lsa-da, ko'p ma'no va qiymatga ega.
Reklama: @wiuteco

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-07-24 20:33:39 O'zgarish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

Ijobiy his-tuyg'ularning yetishmasligini his qilyapsiz

Agar ertalab uyg'onish va yotoqdan turish uchun o'zingizda zo'rg'a kuch topayotgan bo'lsangiz, o'zingizda zaiflik va befarqlik hissi sezsangiz - o'zgarish vaqti keldi.

Siz o'z kelajagingizdan qo'rqishni boshladingiz

Agar hayotingizda hamma narsa kerakli darajada bo'lmasa, har safar kelajagingizni o'ylab tashvishga tushasiz. Bu o'zgarishlar vaqti kelganini yaqqol belgisi.

Raimbayev Elmurod
10.7K viewsedited  17:33
Ochish/sharhlash
2022-07-24 15:04:52 Doim kechikasizmi? Unda o'qing

• Budilnikdan so'ng darhol turing. Har doim turishni kechiktirish odati hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi.

• Soatingizni 5 daqiqa oldinga o'tkazing. Besh daqiqa kutish ortiqcha bo'lmaydi, lekin siz tez-tez o'z vaqtida keladigan bo'lasiz.

• Ertangi ishlarga kechqurun tayyorgarlik ko'rib qo'ying.

Raimbayev Elmurod
9.9K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-07-21 14:37:07 Energiyangizni o'g'irlaydigan 5 odat

1. Bittada ko'p narsalarni reja qilish

Kunlik reja tuzayotganingizda qilinishi kerak bo'lgan yumushlar 2tadan 6tagacha bo'lishi kerak. 6 tadan ko'proq bo'lsa, diqqatingiz bo'linadi. Ishlaringiz bajarilmay qoladi.

2. Hamma ishni oxirgi daqiqada qilish

Bu odat insonni shoshilishga undaydi. Shoshilgan inson ko'proq xato qilishga moil bo'ladi. Bundan tashqari, shoshilish - insonni stressga tushirib qo'yadi.

3. Boshingizdagi salbiy senariylarni o'ylash

Salbiy narsalar haqida o'ylash insonni tushkun holga olib keladi. Bu esa o'z navbatida samaradorlikni tushuradi.

4. O'zingizni boshqalar bilan solishtirish

O'zingizni boshqalar bilan solishtirish - o'zingizga bo'lgan ishonchni tushurib yuborishi mumkin.

Yodda saqlang, hammaning sharoiti har xil. O'zingizning sharoitingizdan kelib chiqib, qo'lingizdan kelgani barcha ishni qiling. Shuni o'zi kifoya.

5. Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirib turish

Hozirgi vaqtda diqqatni chalg'ituvchi eng katta omillardan biri - bu ijtimoiy tarmoqlar. Kun mobaynida ularni tekshirib turish - vaqtingiz suvga oqizish bilan barobar.

Raimbayev Elmurod
11.2K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash