Get Mystery Box with random crypto!

Raimbayev Elmurod | Rasmiy blog

Telegram kanalining logotibi raimbaev_elmurod — Raimbayev Elmurod | Rasmiy blog R
Telegram kanalining logotibi raimbaev_elmurod — Raimbayev Elmurod | Rasmiy blog
Kanal manzili: @raimbaev_elmurod
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.50K
Kanalning ta’rifi

Bu yerdagi postlar qisqa bo'lsa-da, ko'p ma'no va qiymatga ega.
Reklama: @wiuteco

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-08-25 06:45:14 O'zingizga bo'lgan ishonchni yo'qotsangiz nima qilish kerak?

O'zingizni tahlil qiling: ijobiy fazilatlaringizni, yaxshi odatlaringizni, iste'dodlaringizni sanab chiqing. O'zingizni va qobiliyatingizni qadrlang.

Har bir xatoingiz haqida o'ylashni to'xtating: O'zingizga tez-tez eslatib turing: faqatgina hech narsa qilmaydigan odam adashmaydi.

O'zingizning noyobligingizni qabul qiling: Va hatto bu bilan bahslashmang, har birimizda bizni noyob shaxs qiladigan o'ziga xos narsa bor.

Raimbayev Elmurod
4.8K views03:45
Ochish/sharhlash
2022-08-24 20:08:48 Sizni rivojlanishdan to'xtatib turgan 7 ta narsa

1. O'z-o'zidan shubhalanish
2. Doimiy shikoyatlar qilish
3. Perfektsionizm
4. Hamma narsani nazorat qilishga urinish
5. Shoshilinch hukmlar qilish
6. Haddan tashqari tashvishlanish
7. Kechiktirish

Sizning rivojlanishingizga nima halaqit beryapti?

Raimbayev Elmurod
4.9K views17:08
Ochish/sharhlash
2022-08-24 12:29:34 Doimo urfda bo'ladigan odatlar

- ravon nutq
- tarbiya
- yuqori intellekt
- kitoblar
- maqsadlilik

Raimbayev Elmurod
4.8K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-08-15 07:09:55
Tez eslab qoling

Hayotda shunday vaziyatlar ham bo'ladiki, qisqa bir muddatda ma'lumotlarni tez eslab qolishimiz kerak bo'ladi.

Bunday holatlarda ma'lumotlarni quyidagi vaqt oralig'larida takrorlang:

1) o'rganib bo'lishingiz bilan darhol takrorlang
2) 15-20 daqiqadan so'ng takrorlang
3) 6-8 soatdan so'ng takrorlang
4) 24 soatdan so'ng (ertasi kuni) takrorlang


Bu ketma-ketlik ma'lumotlarni tez yodda saqlab qolishga yordam beradi.

#xotira
Raimbaev Elmurod
9.9K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-12 09:32:37 Ajoyib yangilik!

Instagram Reels bo'limi yaxshi ishlashni boshlabdi!

Bundan foydalanib o'zimning instagram sahifamga foydali video joyladim.

Tomosha qilish https://www.instagram.com/reel/ChJjVP1jGBK/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
8.8K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-09 19:43:59 Samaradorlikni oshirish uchun maslahatlar

1. Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish vasvasasiga tushib qolmaslik uchun telefoningizni samolyot rejimiga qo‘yib, undagi bildirishnomalarni va boshqa barcha gadjetlarni o‘chirib qo'ying.

2. O'zingizga dam olishga ruxsat bering - shu jumladan tanish muhitdan. Ko'proq yuring, o'zingiz bilan yolg'iz vaqt o'tkazing. Bu ish vaqtida diqqatni jamlashga yordam beradi.

3. Vazifani belgilashda uning dolzarblik darajasini aniqlang. Eng shoshilinch ishlarni darhol bajaring, qolganlari biroz vaqtga qoldirilishi mumkin.

4. O'z-o'zini rivojlantirish, o'qish va aql va diqqatni rivojlantiruvchi boshqa foydali mashg'ulotlarga vaqt ajratish uchun ertalab yarim soat yoki bir soat vohliroq turing.

5. Vazifalar roʻyxati oʻrniga jadval tuzing. Ammo, agar biron bir vazifa rejalashtirilganidan ko'proq vaqt talab qilsa, tashvishlanmang - bu hayot va siz hamma narsani nazorat ostida ushlab turolmaysiz!

Raimbayev Elmurod
7.0K views16:43
Ochish/sharhlash
2022-08-06 09:44:22 Mijoz topish yo'llari

Mijozni 2 xil yo'l orqali topish mumkin. Bu yo'llar - pullik va tekin.

Pullik yo'llar:

• Target •

Bu Facebook'ning rasmiy reklama yo'li. Target mijoz topishning eng samarali yo'llaridan biri, chunki Facebook o'z foydalanuvchilari haqida barcha ma'lumotlarga ega. Shu ma'lumotlarni qo'llagan holda siz reklamangizni mahsulotingizga katta ehtimol bilan qiziqishi mumkin bo'lgan insonlarga ko'rsata olasiz.

Bundan tashqari mijoz topishning yana 10 ta uslubi bor. Ularni bilish uchun - bu postni shu sohaga qiziquvchilar bilan bo'lishing.

Hudo xohlasa, 2 uslubini bugun qo'yaman.

@smm_marketing_target
7.4K views06:44
Ochish/sharhlash
2022-08-05 07:55:16 Biznes muvaffaqiyatining 2 asosiy qoidalari

- Kelajakni ko'ra bilish qobiliyati

Bugungi kun uchun yashaydigan ko'p odamlar 5-10 yildan keyin nima bo'lishiga qiziqishmagani uchun hech narsaga erisha olmaydi. Va hayotda muvaffaqiyatga erishganlarning barchasi ertaga nima bo'lishini o'ylaydi va fikrlarini hisobga olgan holda rejalar tuzadi, qarorlar qabul qiladi.

- Aniq rejaga ega bo'lish

Albatta, hayot - nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydigan narsa. Shu sababli, reja tuzing. Kerakli vaqt ularga o'zgartirishlar kiriting. Lekin unutmangki, rejasi bo'lmagan har qanday inson muvaffaqiyatsizlikka uchraydi!

Raimbayev Elmurod
7.7K views04:55
Ochish/sharhlash
2022-08-04 15:58:54 Vaqt va quvvatingizni sarflab, samaradorlikni tushuruvchi omillar

Televizor yoki internetda ko'p vaqt o'tkazish;
Qo'rquv, tushkunlik, ikkilanish;
Ish joyni ozoda tutmaslik;
Yetarlicha ovqatlanmaslik;
Nosog'lom ovqatlanish;
Ortiqcha ishlash;
Mashq/sport bilan shug'ullanmaslik;
Ko'p o'tirish;
O'tmish bilan yashash;
Imkonsiz maqsadlar qo'yish.

Raimbayev Elmurod
8.2K viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2022-07-27 17:26:04 Amal qilishingiz kerak bo'lgan 6 ta qoida

1. Do'stlaringiz bilan bo'lganda tilingizga extiyot bo'ling!

2. Jaxlingiz chiqqanida o'zingizning xulq-atvoringizni boshqaring!

3. Muammolaringiz ko'pligida xissiyotlaringizni boshqaring!

4. Ishda bo'lganingizda odatlaringizga e'tibor bering!

5. Omadingiz kelganida maqtanmang!

6. Yolg'iz bo'lganingizda hayollaringizni boshqaring!

Raimbayev Elmurod
11.7K views14:26
Ochish/sharhlash