Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Rahimxon | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi rahimxon_sardor — Sardor Rahimxon | Rasmiy S
Telegram kanalining logotibi rahimxon_sardor — Sardor Rahimxon | Rasmiy
Kanal manzili: @rahimxon_sardor
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 106

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-11-04 08:30:53
Qachon najot bo’ladi..? Qachoniki Allohning rasuliga chin ummat bo’lsak..!
44 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-11-03 13:51:46
Agar Alloh taoloning muhabbatiga sazovor bo‘lishni istasang, tavakkul maqomida bo‘l.
Alloh taolo “Oli Imron” surasida: «Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir», degan (159 – oyat).
Jonim qo’lingda bo’lgan Robbim butun hayotimni senga tavakkal ila topshirdim…
Allohim meni aqlimga, molimga, kuchimga, emas senga bo’lgan tavakkalimga suyantir
83 views10:51
Ochish/sharhlash
2022-11-02 03:48:02
#kun_haqiqati

Dunyoning haqiqatini bilsaydik, shodliklariga ko‘p suyunmagan, qayg‘ulariga esa ko‘p kuyinmagan bo‘lar edik.
13 views00:48
Ochish/sharhlash
2022-11-01 14:45:48
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlarki: «Har bir dinning xulqi bor. Islomning xulqi hayodir».
Bugun kundalik hayotimizga nazar soladigan bo‘lsak, oilaviy munosabatlarda, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarida, bozordagi jarayonlarda hayo ko‘tarilgandek. Bozordagi ayrimlarning, ko‘chada o‘ynab yurgan bolakayning og‘zidan chiqayotgan so‘z kishini hayratga soladi. Hayo haqida so‘z ketganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning bir so‘zlarini eslash lozim: «Sizlar, avvalo, Allohdan hayo qilinglar. Alloh taolo hammadan ham hayo qilinishga munosibroqdir».
Sahobai kiromlardan ayrimlari Rasulullohdan nasihat qilishini so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz: «Hatto yolg‘iz bo‘lganingda ham yalang‘och bo‘lma», – dedilar. Sahobalar: «Agar atrofda hech kim bo‘lmasa-chi?» deya so‘radilar. Shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Alloh ko‘rib turibdi-ku. Alloh taolo hayo qilishingga eng haqli Zot», deya javob berdilar.
55 views11:45
Ochish/sharhlash
2022-11-01 05:39:22
Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

َإِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ
Qur’on tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz.
(Sura Al-A'raf 204)
44 views02:39
Ochish/sharhlash
2022-10-31 21:15:23
Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik uchun nima taqdim qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.
Hashr surasi 18-oyat

Qiyomat nisbatan juda yaqin vaqt, shuning uchun ham u «erta» deyiladi. Demak, har bir inson qiyomat kuni uchun nima ish qilganini o‘ylab qo‘yishi kerak.
80 views18:15
Ochish/sharhlash
2022-10-31 13:24:21
Alloh taolo qiyinchilik va musibatlar orqali bizni iymonimizni sinaydi. Mol-mulkning kasodga uchrashi, bemor boʻlish, kasallik yetishi, oʻqish yoki ishdagi muvaffaqiyatsizlik va h.k. barchasi sinovdir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qay bir musibat: charchashmi, bemorlikmi, tashvishmi, xafachilikmi, ozormi, gʻam-gʻussami, hattoki tikan kirishmi yetadigan boʻlsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur”, dedilar (Imom Buxoriy, Muslim rivoyati).
81 views10:24
Ochish/sharhlash
2022-10-30 21:01:19
«Jannatga yo‘l ota-ona orqali o‘tadi»
Alloh Qur'oni Karimning Isro surasi 23-oyatida shunday deb marhamat qiladi: «Va Robbingiz faqat O‘zigagina ibodat qilishingizni va ota-onalarga yaxshilik qilishingizni buyurdi».

Kimning ota-onasi hayot bo‘lsa, qadriga yetib, yaxshilik qilsin. Ota-ona duosini olgan kishi hech qachon xor bo‘lmaydi, hech qanaqa yomonlik ularga xavf solmaydi. Jannatga yo‘l ham ota-ona oldidan o‘tadi. Shuning uchun ota-onalarni g‘animat bilib, ularga yaxshilik qilaylik! Aka ukalar ota-onaga yaxshilikni navbatma-navbat emas balki talashgan holda qilish kerak..!
76 views18:01
Ochish/sharhlash
2022-10-30 15:48:55
Shogird ustoziga dedi:
— Doim quvonch, baxt haqida gapirasiz... Ammo ayting, shuncha muammo turganda qanday qilib xursand va shod bo‘lish mumkin?

Ustoz shogirdiga javob qaytardi:
— Bir narsani bil! Hayot do‘l va yomg‘irlar tugashini kutish emas, hayot do‘l va yomg‘ir yoqqanda ham raqsga tusha olishdir!
86 views12:48
Ochish/sharhlash
2022-10-30 10:33:22
Tabassum qil

Gunohingiz osmon bo’lsa ham, boshingizga dunyo, dunyo, g’amu tashvish, sinovlar kelgan bo’lsa ham, hatto imkoni bo’lmas qayg’u damda bo’lsa ham, tabassum qiling…
har ne’matning shukridir chin Tabassum
80 views07:33
Ochish/sharhlash