Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Rahimxon | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi rahimxon_sardor — Sardor Rahimxon | Rasmiy S
Telegram kanalining logotibi rahimxon_sardor — Sardor Rahimxon | Rasmiy
Kanal manzili: @rahimxon_sardor
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 106

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 24

2022-07-12 06:52:51 #Bilasizmi?

«DO‘ZAXGA KIRMAY QOLISh AMAL TUFAYLI»

Ba'zi mo‘min bandalardan do‘zaxga mubtalo qiladigan amallar sodir bo‘lsayu, u keyin boshqa kerakli amallarni qilsa do‘zaxga kirmay qolishi mumkin. Ma'lum gunohlarni qilgan odamning do‘zaxga kirmay qolishiga sabab bo‘ladigan amallarni ulamolarimiz uchga bo‘lganlar.


1. TAVBA

فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيّاً(59)
إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحاً فَأُوْلَئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْئاً(60)
«Bas, ularning ortidan bir o‘rinbosarlar qoldiki, ular namozni zoe qilib, shahvatlariga ergashdilar. Bas, tezda yomonlikka yo‘liqurlar. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana o‘shalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar».
(Maryam surasi, 59-60-oyatlar).


2. YaXShI AMALLAR

Ma'lum gunohlarni qilgan mo‘min odamning do‘zaxga kirmay qolishiga sabab bo‘ladigan amallar toifasiga hasanot - yaxshi amallar ham kiradi.

الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّـيِّئَاتِ
«Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi».
(Hud surasi, 114-oyat).

Mo‘min kishi tomonidan qilingan har bir yaxshi ish yomonliklarni ketkazadi va o‘z egasining do‘zaxga kirishdan saqlanishga sabab bo‘lishi mumkin.


3. MUSIBATLAR

Ma'lum gunohlarni qilgan mo‘min odamning do‘zaxga kirmay qolishiga unga bu dunyoda yetgan musibatlar ham sabab bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki, tikan kirishimi, yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
50 views03:52
Ochish/sharhlash
2022-07-11 21:09:42
Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang…!

Alloh taolo Qur'oni karimning ko‘plab oyat-karimalarida mo‘min-musulmon bandalarini ehson qilishga, yaxshilik qilishga buyurgan.

Alloh taolo marhamat qiladi: “...va siz ehson qiling, Alloh taolo ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi”. Yana bir oyatda: “Yaxshilik qiluvchilarga bu dunyoning o‘zida ham yaxshilik bor”, deyiladi. Alloh taoloning marhamatini qarang. Bu dunyoda bitta yaxshilik qilsak, oxiratda o‘ndan to yetti yuz barobargacha bo‘lgan yaxshilik bizni kutib turadi. U bandalariga ana shunday marhamati keng, mehribon zotdir.

Dunyoda nafas olib turibmiz ekan xayolimiz, fikrimiz va zikrimiz yaxshilik qilish bo‘lish kerak. Hadisi shariflarda shunday ma'nolar keladi: “Yaxshilik qilish qo‘lingdan kelmasa, hech bo‘lmaganda yomonlik qilma”.
57 views18:09
Ochish/sharhlash
2022-07-11 17:40:36 Shukr qilganlar... (ibratli hikoya)

Bir yigit to‘planib turgan odamlar yoniga borib, bor ovozda baqira boshladi: “Bizga shunday kunlarni nasib qilgan, rizqimizni mo‘l, yo‘limizni yorug‘, tanimizni sog‘ qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin!”.
Bir zumda yig‘ilib turgan odamlarning barchasi yigitga jo‘r bo‘ldi. Hammayoqni “Shukr! Ming shukr!” degan sadolar tutib ketdi.
Ammo g‘amga botib o‘tirgan uch nafar kishigina bu xitobga jo‘r bo‘lmadi. Buni ko‘rgan yigit esa darhol ularning yoniga oshiqdi va ulardan buning sababini so‘radi.
- Sharoitim og‘ir! Farzandim to‘yib ovqatlana olmaydi! Boshqa bolalardek istaganicha o‘yna olmaydi! Endi menga aytingchi, qanday qilib tilimdan shukr degan so‘z yangrashi mumkin?! dedi g‘amga botib o‘tirgan birinchi kishi.
- Farzandim kasal. Uning g‘amgin yuzlariga tikilsam, yuragim og‘rib ketadi! Qanday qilib shukr deya ayta olaman?! dedi ikkinchi bir g‘amga botgan.
- Mening esa farzandim vafot etdi! Uning jonsiz qo‘llaridan ushlar ekanman, o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman! Endi men nima uchun shukr deyishim kerak?! deb yig‘lab yubordi uchinchisi.
Ularning dardini tinglagan yigit bunday dedi:
- Birodar, oldingizdagi odamga qarang, farzandi kasal ekan! Garchi  o‘ynab kulmasada, dilbandingizning sog‘lom ekaniga shukr qiling! - dedi birinchisiga.
- Farzandingiz kasal ekan, hamdardman! Ammo oldingizdagi kishiga qarang! Bechora farzandidan judo bo‘libdi! Garchi kasal bo‘lsada, farzandingizning tirik ekaniga shukr qiling! - dedi farzandi kasal yotgan ikkinchi kishiga.
- Menchi?! Men nimaga shukr qilay axir?! - dedi farzandidan ayrilgan uchinchi kishi.
Yigit uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi-da, ko‘z yoshlarini artib, dedi:
- Farzandingiz o‘tgan bo‘lsada, boshqa yaqinlaringiz tirik ekaniga shukronalar keltiring! Butun yaqinlarim, barcha qarindoshlarim dahshatli sel oqibatida halok bo‘ldilar!...
 
62 views14:40
Ochish/sharhlash
2022-07-11 17:40:26
Qurbonlik qilishdan maqsad nima?

Qurbonlik qilishdan maqsad banda o‘zining Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Alloh taolo banda so‘ygan hayvonning go‘shtiga ham, qoniga ham muhtoj emas: «Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari ham yetib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli – U zotni ulug‘lashlaringiz uchun – ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!» (Haj surasi, 37-oyat).

Shuningdek, qurbonlik qilish Alloh taoloning amrini ado etishga bandaning tayyor ekanini ko‘rsatadi va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgani uchun Alloh taologa shukr etish bo‘ladi.

Allohga har qancha shukr qilsak, shuncha oz. Xolis Allohning O‘zi uchun ibodat qilib, namoz o‘qish, faqat Allohning yo‘lida jonliq so‘yib, beva-bechoralarni to‘yg‘azish shukrning bir ko‘rinishidir.

Qolaversa, bu amalni bajarishda Alloh taoloning buyukligi va dinining ulug‘ligi zohir bo‘ladi.
59 views14:40
Ochish/sharhlash
2022-07-11 14:34:23
قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: "من براكة المرأة تبكيرها بالانثي". رواه ابن عساكر.

Rasululloh sollallohu alayhi vassallam aytdilar: "Birinchi farzandning qiz bo‘lishi xotinning barakasidandir".

Ibn Asokir rivoyat qilgan.
97 views11:34
Ochish/sharhlash
2022-07-11 07:28:29
QO‘ShILMAS DENGIZLAR

«U ikki (xil) dengizni bir-biri bilan yonma-yon turadigan holda chiqarib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar». («Ar-Rahmon» surasi, 19-20-oyat)

O‘rtaer dengizi va Alantika okeanida katta to‘lqinlar, kuchli oqimlar va suv sathining ko‘tarilib, pasayishlari sodir bo‘lib turadi. O‘rtaer dengizining suvi Atlantika okeaniga Gibraltar bo‘g‘ozi orqali kiradi. Ammo ularni ajratib turuvchi to‘siq tufayli ularning harorati, sho‘rligi va zichligi o‘zgarmay qoladi.
Dengizlarning bu xislati yaqindagina okeanograflar tomonidan kashf qilindi.

Ajablanarli tomoni shundaki, fizika va sirt tarangligi yoki okeanografiya haqida juda kam bilim bo‘lgan davrda bu haqiqat Qur'onda vahiy qilingan edi.
73 views04:28
Ochish/sharhlash
2022-07-10 18:34:02
إِنَّمَا يَعۡمُرُ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمۡ يَخۡشَ إِلَّا ٱللَّهَۖ فَعَسَىٰٓ أُوْلَٰٓئِكَ أَن يَكُونُواْ مِنَ ٱلۡمُهۡتَدِينَ

Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilarlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar.
Tavba surasi 18-oyat
72 views15:34
Ochish/sharhlash
2022-07-10 18:33:15
Бел, Оёк,Тизза, Грыжа оғриқларидан чарчадингизми?

ДЫМОК - Сиздаги барча оғриқлар ва Грыжани тез фурсат ичида асоратсиз даволайди!

ДЫМОК - Хитой Табобат оламида тан олинган, табиий гиёхлардан таёрланган, SEUL Давлатида машхур бўлган, хозирги кунда бизнинг Давлатимизда хам биринчилардан ўрин олишга улгурган!

Натижа деярли дархол сезилади!

Кўрсатмалари:
• Ревматизм
• Артрит
• Артроз
• Подогра
• Бўғим огриклари
• Бўғимларда суюқлик етишмаслиги
• Суяк синиши
• Оперяция дан сўнг тез тикланиш
• Умуртқа поғонасидаги оғриқлар
• Грыжани асоратсиз тез фурсат ичида даволаш.

олдиндан тулов йўқ
Нархи 109.000 минг су́м

1+1=3 (2 та олсангиз учинчиси совғага қўшиб берилади)

Батафсил: https://100k.uz/oqim/53144

Узбекистон буйича Доставка бепул
Тўловни махсулот қўлингизга текканда амалга оширас
68 views15:33
Ochish/sharhlash
2022-07-09 19:51:34
Millionlarni yig’latgan duo

Gunohlarimiz ko’p Robbim, ammo Sening Rahmating hammasidan katta, biz osiylarga rahm Qil, Bizlarni avf Et Allohim

Amin deng, duoga qo’l oching

Yaxshi ko’rganlaringizga yuboring
180 views16:51
Ochish/sharhlash
2022-07-09 14:52:11
Namoz o‘qing va qurbonlik qiling!

Qurbonlik lug‘atda «yaqinlashmoq», «yaqin bo‘lmoq» ma'nolarini bildirib, istilohda bu so‘z Allohga qurbat hosil qilish maqsadida jonliq so‘yishni anglatadi.

Sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti kuni erta bilan o‘zlari qurbonlik qilardilar va boshqalarni ham kurbonlik qilishga targ‘ib etardilar.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
95 views11:52
Ochish/sharhlash