Get Mystery Box with random crypto!

1-sektor rahbarining sayyor qabuli o‘tkazildi Jismoniy va yur | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

1-sektor rahbarining sayyor qabuli o‘tkazildi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish maqsadida Quvasoy shahar hokimi 1-sektor rahbari Zafarjon Toʻrakulov tomonidan H.Olimjon mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari ishtirokida 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabida joriy yilning 24-mart kuni navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Unda shahardagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul chogʻida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar koʻrib chiqildi.

Qabul davomida jami 20 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 12 ta ta murojaatlardan 6 tasi joyida qanoatlantirildi, mudat talab qiluvchi 6 ta murojat esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |