Get Mystery Box with random crypto!

“Sementchi” fudbol jamoasiga omad tilab qolamiz! Quvasoy shah | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

“Sementchi” fudbol jamoasiga omad tilab qolamiz!

Quvasoy shahrimiz sharafini himoya qilib kelayotgan “Sementchi” fudbol jamoasi 1-liga jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan “O`zbekiston kubogi”ning saralash o`yinlarida ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan shahar hokimi Zafarjon To`rakulov o`yindan oldin “Sementchi” fudbol jamoasi bilan uchrashib jamoaga ulkan zafarlar, omadlar tilab o`zining maslahatlarini berib o`yinchilarimiz bilan doim birga ekanligini ta`kidladi.

Jamoa o`yinchilariga sport anjomlari tarqatildi. “Sementchi” fudbol jamoasi rahbari Abdusamat Nazirdinov, shahar hokimi Zafarjon To`rakulovga “Sementchi” fudbol jamoasiga qaratayotgan e`tibor hamda qo`llab-quvvatlayotganligi, ishonch bildirayotganligi uchun jamoa nomidan minnatdorligini bildirdi.

Shuningdek, kelajakda ushbu bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun doim harakat qilishlarini bildirdilar. Jamoa rahbari tomonidan shahar hokimi Z.To`rakulovga “Sementchi” fudbol jamoasining 74 raqamli maxsus fudbol kiyimi topshirildi.