Get Mystery Box with random crypto!

#Saylov_2023 #Ekopartiya Prezidentlikka nomzod Abdushukur Xam | 🌐QUVALIKLAR 24 | YANGILIKLAR

#Saylov_2023
#Ekopartiya

Prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Abdushukur Xamzayev Navoiy viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Abdushukur Xamzayev “Yashil taraqqiyot uchun!” shiori ostidagi saylovoldi dasturida mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali aholining qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, qonunchilikni takomillashtirish va sud-huquq sohasida islohotlarni amalga oshirish hamda farovon jamiyatni barpo etish kabi takliflar ilgari surilayotgani haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturidagi taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi va boshqalarni ham shunga chorladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | Web site | You Tube