Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat sababi — Janob, sizning muvaffaqiyatingiz sababi | qurbonovuz

Muvaffaqiyat sababi

— Janob, sizning muvaffaqiyatingiz sababi nimada? – deb soʻradi jurnalist muvaffaqiyatli biznesmendan. — Ha, bilaman bu uzoq tarix, lekin qisqacha aytib beradigan boʻlsak, aynan muvaffaqiyatingiz siri nimada?

— Ha, men qisqa qilib ham javob bera olaman, hatto ikki soʻz bilan ifodalay olaman.

— Atigi ikki soʻzmi? Xoʻsh, u qanaqa ikki soʻz?

Toʻgʻri qarorlar.

— Siz toʻgʻri qarorlarni qanday qabul qilasiz?

— Bu savolingizga bir soʻz bilan javob bera olaman.

— Rostanmi? Nima ekan oʻsha soʻz?

Tajriba.

— Oʻsha, siz aytayotgan tajribani siz qayerdan olasiz?

Tadbirkor kulib yubordi va dedi: buni atigi ikki soʻz bilan ifodalay olaman.

— Qanday ikki soʻz ekan?

Notoʻgʻri qarorlar. Manba

@qurbonovuz