Get Mystery Box with random crypto!

Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑

Telegram kanalining logotibi qoshrabot — Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑ Q
Telegram kanalining logotibi qoshrabot — Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑
Kanal manzili: @qoshrabot
Toifalar: Yangiliklar , Oʻyinlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Dunyoda va yurtimizda boʻlayotgan shuningdek Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi voqea-hodisalar haqida @Qoshrabot kanalida kuzatib boring.
📩 Reklama: @baxa_171
🛡️ Hamkor kanal: @QoshrabotBOZOR

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 155

2022-01-26 16:22:49 ​​Qoʻshrabot tumanining 50% qismida elektr mavjudligi aytilmoqda ?

Energetika vazirligining xabariga koʻra
26-yanvar, soat 00:00 holatida:
Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 95%, Samarqand tumani 65%, Paxtachi tumanida 100%, Kattaqo‘rg‘on tumani 70%, Kattaqo‘rg‘on shahri 100%, Narpay tumani 95%, Nurobod tumani 95%, Pastdarg‘om tumani 30 %, Bulung‘ur tumanida 100%, Jomboy tumanida 100%, Toyloq tumanida 100%, Qo‘shrabot tumanida 50%, Ishtixon tumanida 50% Urgut tumani 70% elektr mavjudligi aytilmoqda.

Bu maʼlumotlar faqat qogʻozdami ?

SIZDA SVET BORMI ?

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
21.1K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-01-25 10:56:23 Respublika bo'ylab 4 soat ichida svet yonmasa nima bo'ladi?

— Jonlantirish bo'limidagi bemorlar ahvoli yomonlashadi.

— Kislorodga ulangan koronavirusga chalingan bemorlarning nafas olishi qiyinlashadi.

— Liftda qolib ketganlar havo yetishmovchiligidan hushini yo'qotadi.

— Mobil aloqa va internet o'chadi.

— Suv, kanalizatsiya, isitish tizimida uzilishlar kuzatiladi.

— Yo'llar uzoq vaqt tirbandligicha qoladi.

— Metro, Poyezd va Samalyotlar ishi to'xtatiladi.

Umuman olganda milliardlab zarar koʻramiz va baʼzi odamlar sogʻligʻi juda yomon ahvolga keladi.

svetni yoʻqligi sababi, Qozog‘istondagi energotizimda avariya ro‘y bergan. Hozir O‘zbekiston energetiklari stansiyalarni Qozog‘iston energotizimidan uzib, o‘chgan tarmoqlarni alohida-alohida ishga tushirmoqda.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
21.3K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2022-01-25 10:54:04
Oʻzbekistonda tez orada mobil aloqada ham uzilishlar bo'lishi mumkin.

Uyali aloqa kompaniyalarning bazaviy stansiyalari svet oʻchganda, dizel generatori bilan ishlaydi. Faqat dizel yoqilgʻisi 2 soatlarga yetadi xolos va tez orada mobil aloqasida ham uzilishlar boshlanishi mumkin.

Agar siz bu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak sizda hozircha aloqa bor.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
21.5K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2022-01-25 10:01:21
#Tezkor

Qarib butun O‘zbekiston elektr energiyasiz qoldi

Bugun, 25-yanvar kuni soat 11:00 da energo tizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
22.0K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2022-01-23 21:43:59
Muammolar ko'p, lekin yechim yo'q!

P/S: Nima deb yozishni ham bilmay qoldim


@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
19.6K views18:43
Ochish/sharhlash
2022-01-23 21:13:39
Bu shunchaki olingan video emas!
Bu Qo'shrabot tumanining markazi!
Har doimgidek Qo'shrabotda to'k yo'q
Nima uchun Qo'shrabot tumanida to'k tez-tez o'chayabdi????



@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
20.8K views18:13
Ochish/sharhlash
2022-01-23 09:31:41
Joriy yilning 22-yanvar kuni Qo‘shrabot tumanidagi iqtisodiy-ijtimoiy holati eng og‘ir bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida obodonlashtirish va qurilish ishlarini olib borish va mahallalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va texnikalarning mavsumga tayyorgarligini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruhning seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qo‘shrabot tuman hokimi X.Q.Oqbo‘tayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.O.Yusupov, tumandagi sektorlar rahbarlari, tuman FVB boshlig‘i va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchilari ishtirok etdi. Iqtisodiy-ijtimoiy holati eng og‘ir bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida belgilangan aniq chora-tadbirlar asosida ishlarni tashkil etish borasida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
20.9K viewsedited  06:31
Ochish/sharhlash
2022-01-23 00:16:00
Naxotki Qo'shrabot tumani elektroseti kuz-qish mavsumiga tayyor emas!!!

Mana tungi soat 01:40 lekin Qo'shrabot tumanida ba'zi to'k liniyalarida (tarmog'ida) to'k yo'q. Havo harorati -3C° sovuqni ko'rasatmoqda! Ko'pchiligimizga ma'lumki Qo'shrabot tumaning asosiy qismiga gaz quvirlar o'tgazilmagan.
Bu esa hali hamon Qo'shrabotliklar qishga g'amlab qo'ygan o'tinlarini pechkaga yoqib isinishadi va uyini isitishadi. Bu, zamondan qoloqlik va rivojlanmay qotib qolib ketganlikdan emasmi?
Bundan 3-4 kun avval yurtimizda biroz shamol bo'ldi. Shundan buyon Qo'shrabot tumaning qoq markazi intizor qismida 3 kun ketma ketlikda to'k bo'lmadi. Naxotki 1 ta kuchsiz shamolga Qo'shrabot tumani Elektroseti bunga bardosh berolmadi!!!
Ho'p nosoz ekan, eskirgan ekan, talabga javob bermas ekan! nega shuni o'z vaqtida tekshirib tamirlashmagan?
Ishlatgan elektr to'kimizga o'z vaqtida to'lovini qilsak! Qarizdorlik bo'lsa shartda avtomatik o'chsa!

"Yangi O'zbekiston"da to'ksiz, gazsiz va sovuqda o'tirish g'alatimasmi?

@Qoshrabot
20.8K viewsedited  21:16
Ochish/sharhlash
2022-01-22 23:04:34 Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi:

— Qo‘shrabot tumani 18 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;

— Qo‘shrabot tumani 33 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;


Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar 2022 yil 25 yanvargacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma

Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
21.1K views20:04
Ochish/sharhlash
2022-01-22 22:56:22
Qo'shrabot tumani bedarvozami?
Qo'shrabot tumanida jinoyat va qoida buzarlik ko'payib bormoqda. Nima uchun? 01:40

Qo‘shrabot tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Z.L.Suvonqulov ishtirokida tumanda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy
21.4K viewsedited  19:56
Ochish/sharhlash