Get Mystery Box with random crypto!

Naxotki Qo'shrabot tumani elektroseti kuz-qish mavsumiga tayyo | Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑

Naxotki Qo'shrabot tumani elektroseti kuz-qish mavsumiga tayyor emas!!!

Mana tungi soat 01:40 lekin Qo'shrabot tumanida ba'zi to'k liniyalarida (tarmog'ida) to'k yo'q. Havo harorati -3C° sovuqni ko'rasatmoqda! Ko'pchiligimizga ma'lumki Qo'shrabot tumaning asosiy qismiga gaz quvirlar o'tgazilmagan.
Bu esa hali hamon Qo'shrabotliklar qishga g'amlab qo'ygan o'tinlarini pechkaga yoqib isinishadi va uyini isitishadi. Bu, zamondan qoloqlik va rivojlanmay qotib qolib ketganlikdan emasmi?
Bundan 3-4 kun avval yurtimizda biroz shamol bo'ldi. Shundan buyon Qo'shrabot tumaning qoq markazi intizor qismida 3 kun ketma ketlikda to'k bo'lmadi. Naxotki 1 ta kuchsiz shamolga Qo'shrabot tumani Elektroseti bunga bardosh berolmadi!!!
Ho'p nosoz ekan, eskirgan ekan, talabga javob bermas ekan! nega shuni o'z vaqtida tekshirib tamirlashmagan?
Ishlatgan elektr to'kimizga o'z vaqtida to'lovini qilsak! Qarizdorlik bo'lsa shartda avtomatik o'chsa!

"Yangi O'zbekiston"da to'ksiz, gazsiz va sovuqda o'tirish g'alatimasmi?

@Qoshrabot