Get Mystery Box with random crypto!

PAYGAMBARIMZ MUHAMMAD MUSTAFO SALLOLLOHU ALAYHI VASSALLAMNING | Qoriyamiz | Rasmiy Kanal

PAYGAMBARIMZ MUHAMMAD MUSTAFO SALLOLLOHU ALAYHI VASSALLAMNING ISMLARI MANOLARI


Muhammad — maqtaluvchi.

Ahmad — Allohga hamd aytuvchi.

Hamid — Allohga hamdu sano aytuvchi.

Mahmud — maqtalgan.

Ahid — fazilatlar bobida yagona.

Vohid — axloq — odobda yagona.

Hoshir — o‘z ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yig‘uvchi.

Oqib — hamma payg‘ambarlar oxiri.
Toho — bu so‘zning ma’nosi
Allohgagina ma’lum.

Yosin — bu so‘zning ma’nosi ham Allohgagina ma’lum.

Tohir — toza, pok.

Mutahhar — dili poklangan.

Tayyib — pok, xushtabiat.

Sayyid — Xoja.

Rasul — elchi, payg‘ambar.

Nabiy — payg‘ambar.

Rasulur-rohma — rahmat payg‘ambari.

Qayyim — to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi.

Jomi’ — barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi.

Muqtafiy — ergashuvchi (haq yo‘lga).

Muqaffiy — ergashtiruvchi (o‘ziga).

Rasulul-malohim — jangu jahon payg‘ambari.

Rasulur — roha — rohat payg‘ambari

Komil — yetuk.

Iklil — toj.

Muddassir — qo‘rquvdan matohga o‘ranib olgan.

Muzzammil — muddassir.

Abdulloh — Allohning bandasi.

Habibulloh — Allohning suyuklisi.

Safiyyulloh — Allohning tanlagani.

Najiyyulloh — Allohning sirdosh do‘sti.

Kalimulloh — Alloh bilan so‘zlashuvchi.

Xotamul-anbiyo — nabiylar oxiri, ularning xotimasi.

Xotamur-rosul  — Rasullar xotimasi.

Muqyiy — dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).

Munjiy — xaloskor.

Muzakkir — eslatuvchi (Allohni va oxiratni).

Nosir — yordam etuvchi.

Mansur — yordam berilgan,
dushmanlari ustidan zafar topgan.

Nabiyyur — rohma — rahmat payg‘ambari.

Nabiyyut-tavba — tavbaga targ‘ib etuvchi payg‘ambar.

Harisun alaykum — ummatlariga mehribon.

Ma’lum — hammaga ma’lum.

Shahir — hammaga mashhur.

Shohid — guvoh.

Shahid — guvoh.

Mashhud — guvohlik berilgan.

Bashir — xushxabar beruvchi.

Mubashshir  — xushxabar beruvchi.

Nazir — azoblardan ogohlantirguvchi.

Munzir — oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.

Nur — nur.

Siroj — chiroq, quyosh.

Misboh — chiroq.

Hudo — hidoyat qilguvchi.

Muxtor — tanlab olingan.

Ajir — dinga xizmat qilguvchi.

Jabbor — ayblarni yopguvchi.

Abul — Qosim — Qosimning otasi.

Abul — Tohir — Tohirning otasi.

Abut — Tayyib — Tayyibning otasi.

Abu Ibrohim — Ibrohimning otasi.

Mushaffa’ — shafoat huquqi berilgan.

Shafi’ — shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini Allohdan so‘rovchi).

Solih — yaxshi ishlarni qiluvchi, Allohning buyruqlarini ado etuvchi.

Muslih — isloh etuvchi, tuzatuvchi (o‘rtani).

Muhaymin — ummatlari ishini kuzatib turuvchi.

Sodiq — rostgo‘y.

Musaddiq — tasdiq etuvchi.

Sidq — rostgo‘y.

Sayyidul-mursalin — payg‘ambarlar hojasi.

Imomul-muttaqin — taqvodorlar peshvosi.

Qoidul-g‘urril — muhajjalin — qiyomat kuni sajda qilgan a’zolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.

Halilur-Rahmon — Rahmonning do‘sti.

Barr — xayrli, solih amallar qiluvchi.

Mabarr — hamma yaxshiliklar manbai.

Vajih — go‘zal yuzli.

Nasih — nasihatgo‘y.

Nosih — nasihatchi.

Vakil — vakil, ishonch egasi, kafil.

Mutavakkil — tavakkal etuvchi.

Kafil — kafil, kafolatiga oluvchi.

Shafiq — shafqatli, mehribon.

Muqimus — sunna — sunnatni tiklovchi.

Muqaddas — ulug‘lanuvchi, gunohlardan pok.

Ruhul-Qudus — muqaddas ruh.

Ruhul-Haq — haqqoniy ruh.

Ruhul-Qist — adolatli ruh.

Kofiy — kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).

Muktafiy — kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).

Bolig‘ — oliy darajalarga yetgan.

Muballig‘ — Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni
ummatlariga to‘la yetkazuvchi.

Shofiy — shifokor (qalb kasalliklariga va ma’naviy illatlarga nisbatan).

Vosil — yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).

Mavsul — yetishiluvchi (ya’ni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).

Sobiq — barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi.

Soiq — ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, do‘zaxdan jannat sari haydovchi.

Hodiy — to‘g‘ri yo‘dga boshlovchi.

Muhdiy — hadiya, ehson sohibi.

@QORIYAMIZ | Jannat Sari