Get Mystery Box with random crypto!

Bugun uchun ajoyib retsept! Kunni olamiz, uni hasad, gʻazab v | Qoriyamiz | Rasmiy Kanal

Bugun uchun ajoyib retsept!

Kunni olamiz, uni hasad, gʻazab va alamdan yaxshilab tozalaymiz.

Uchta katta qoshiq ishonch, xursandchilik, havasni, bir qoshiq sabrni va ozroq atrofga nisbatan  muloyimlikni qoʻshamiz.

Mehrdan ayamay solamiz.

Yaxshilik va e’tibor bargchalari bilan bezatamiz.

Iliq soʻzlar va mehrdan chiqqan tabassum bilan tortamiz.

Bunday ajoyib retseptdan soʻng nafaqat atrof balki oʻzingizning kuningiz ham oʻzgacha xush kayfiyatda oʻtganiga guvoh boʻlasiz.

@QORIYAMIZ