Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlar diqqatiga! Vagonlarni qo‘yib berish va olib chiq | 🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" 𝗨𝗞 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

Tadbirkorlar diqqatiga!

Vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomining 43-moddasiga muvofiq vagonlarni shoxobcha yo‘llariga qo‘yib berish va olib chiqish uchun yangi stavkalarni 2022 yil 15 iyuldan amal qilishi to‘g‘risida maʼlum qiladi. Jumladan:

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan temir yo‘lga tegishli bo‘lmagan shoxobcha yo‘llariga;

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan temir yo‘lga tegishli shoxobcha yo‘llariga.

Mazkur yangi stavkalar to‘g‘risida batafsil maʼlumotni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy saytida hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarif stansiyalarida tanishib chiqishingiz mumkin.

Axborot-taxliiy media markazi

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|