Get Mystery Box with random crypto!

#muhim_sana Bugun, 22 iyun kuni, Angren – Pop elektrlashtirilg | 🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" 𝗨𝗞 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

#muhim_sana
Bugun, 22 iyun kuni, Angren – Pop elektrlashtirilgan 123,1 kilometrlik temir yo‘lining ishga tushirilishi hamda Farg’ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog’lovchi 19,2 kilometrlik tunnel – Farg’ona vodiysining “temir yo‘l darvozasi” ochilishiga va shu tariqa mamlakatning yagona temir yo‘l tarmog’ini barpo etishiga 6 yil bo‘ldi. Mazkur tunnel tog’li hududda joylashgan tunnellar orasidagi murakkabligi bo‘yicha jahon reytingida 8-o‘rinni egallaydi. 2013-yilda boshlangan qurilish Xitoyning “China Railway Tunnel Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|