Get Mystery Box with random crypto!

QIZIQ FAN

Telegram kanalining logotibi qiziqfan — QIZIQ FAN Q
Telegram kanalining logotibi qiziqfan — QIZIQ FAN
Kanal manzili: @qiziqfan
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.14K
Kanalning ta’rifi

Najot ilmdadir!
Reklama uchun: @qiziqfanreklamabot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-12-22 06:37:04
Oqqush 100 yilgacha yashashi mumkin.

@qiziqfan
14.2K views03:37
Ochish/sharhlash
2023-12-17 05:18:47
Sun'iy intelekt yordamida chizilgan rasmlar.

Biz quyidagicha tavsifni berdik: Menga O'zbekistondagi prezident maktablari imtihonlariga tayyorlanuvchi 4-sinf o'quvchisining rasmini chizib ber. U o'g'il bola, boshida do'ppi bo'lsin, oldida matematika fanidan o'quv qo'llanmalari, bola o'ylagan holda diqqat bilan masala yechmoqda. Bola hovlida o'tiribdi, bahor fasli, daraxtlar gullagan. Ko'rinishidan u juda ham tirishqoq va bilimli o'quvchi. Yonida uning mehribon onasi umid bilan unga qarab turibdi.

Siz nima deb o'ylaysiz, sun'iy intellekt hayotimizda qanday o'zgarishlarga olib keladi, javobingizni izohlarda qoldiring. Eng qiziqarli va asosli javob egasiga Mantiqiy Fikrlab nomli to'plam kitobimizni taqdim etamiz.

P.S. Rasmlar DALL-E suniy intelekt modeli tomonidan chizib berildi.
15.9K views02:18
Ochish/sharhlash
2023-12-12 18:30:30
Dunyoda qo‘ziqorinlarning har xil turlari va navlari mavjud. Ularning barchasi juda qiziqarli va hayratlanarli. Biroq, qo‘ziqorinlarning orasida hushtak chaladigan qo‘ziqorin ham bor. Bu qo‘ziqorin inson qulog‘iga eshitiladigan tovushlarni ham chiqaradi. Bu moʻjizaviy qo‘ziqorin "shayton sigareti" deb ataladi.

@qiziqfan
17.2K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-12-12 08:30:59
Notanish ishlar bilan shug‘ullanish - miyangizni rivojlantirishning eng yaxshi usulidir

Aqliy jihatdan sizdan ustun bo‘lgan boshqa odamlar bilan aloqa qilish ham miyangizni rivojlantirishning kuchli usuli hisoblanadi.

@qiziqfan
17.5K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-12-11 18:13:21
Eshakning ko‘zlari shunday joylashganki, to‘rt oyog‘i doimo uning ko‘rish maydonida bo‘ladi

Bu eshakning fazoni yaxshi bilishini taʼminlaydi va unga atrofni yaxshiroq boshqarishga yordam beradi. Ko‘zlarning bunday joylashishi tufayli eshak o‘zining old va orqa oyoqlari qayerda ekanligini osongina aniqlay oladi, bu ayniqsa notekis yerlarda yoki tepaliklarga ko‘tarilishda foydalidir.

@qiziqfan
19.0K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-11-29 07:09:01
Yangi tug‘ilgan kit bolalarining og‘irligi bir necha tonna, tana uzunligi esa taxminan 8 metr bo‘ladi. Har kuni ular 350-390 litr ona sutini ichishadi. Maʼlumot o‘rnida, kitlar ham sut emizuvchi hayvonlar toifasiga kiradi. Olti oylik kitlarning vazni 25 tonnaga yetadi. Kitlarning qoni boshqa sut emizuvchilarnikiga qaraganda ko‘proq kislorod bilan to‘yingan. Bir soniyada kitlar 2000 litr havoni yutadi va ular buni og‘izlari bilan emas, balki boshining orqa qismida joylashgan teshik bilan nafas olishadi.

@qiziqfan
24.1K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-11-28 07:09:01
Jarimaga sabab - ko‘lmak

Angliyada siz mashinangiz bilan ko‘lmaklardan o‘tish jarayonida piyodalarga suv sachratib o‘tsangiz, sizning bu harakatingiz jiddiy jarimaga olib kelishi va hatto sizni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishgacha olib kelishi mumkin.

@qiziqfan
19.5K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-11-27 07:09:02
Karkidonlar juda qalin teriga ega bo‘lib, ularning qalinligi 2,5 santimetrdan oshadi. Bu teri karkidonni nafaqat yirtqich hayvonlardan himoya qiladi, balki karkidonlar issiq va nam muhitda yashagani uchun tana haroratini bir meʼyorda ushlashga ham yordam beradi.

@qiziqfan
14.8K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-01-18 07:14:15
Gretsiyada robotlar pochta jo'natmalarini saralashda ishlatilishi natijasida samaradorlik 250% ga oshgan.

Robotlar posilkaning vaznini o'lchaydi, shtrix-kodini skanerlaydi va kerakli slotga joylaydi. Shu tariqa bir kunda 168,000 ta posilka saralanmoqda.

@qiziqfan
4.7K views04:14
Ochish/sharhlash
2022-01-17 10:17:39
Ilonlarning barcha turlari bitta fiziologik xususiyatga ega - ulardagi jag‘larning chap va o‘ng qismlari bir-biriga qattiq bog‘lanmagan. Bu esa ularga og‘izlarini nihoyatda keng ochishga imkon beradi, va o‘zlaridan ancha katta o‘ljani ham bemalol yutib yuborishga imkon beradi.

@qiziqfan
5.1K views07:17
Ochish/sharhlash