Get Mystery Box with random crypto!

Yangi tug‘ilgan kit bolalarining og‘irligi bir necha tonna, ta | QIZIQ FAN

Yangi tug‘ilgan kit bolalarining og‘irligi bir necha tonna, tana uzunligi esa taxminan 8 metr bo‘ladi. Har kuni ular 350-390 litr ona sutini ichishadi. Maʼlumot o‘rnida, kitlar ham sut emizuvchi hayvonlar toifasiga kiradi. Olti oylik kitlarning vazni 25 tonnaga yetadi. Kitlarning qoni boshqa sut emizuvchilarnikiga qaraganda ko‘proq kislorod bilan to‘yingan. Bir soniyada kitlar 2000 litr havoni yutadi va ular buni og‘izlari bilan emas, balki boshining orqa qismida joylashgan teshik bilan nafas olishadi.

@qiziqfan