Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga birinchi sevgimiz esimizdan chiqmaydi? Bu savolga ha | Qiziq

Nimaga birinchi sevgimiz esimizdan chiqmaydi?

Bu savolga ham tinib-tinchimas olimlar javoblarni tayyorlab qo'yishgan. Tadqiqotlarga ko'ra, miyamizda romantik munosabatlar davomida biror-bir doriga o'tirib qolishdagi jarayonga o'xshash protseslar bo'lar ekan. Qachonki biz sevib qolsak, bizning bosh organimiz bizga eyforiya va kayf bag'ishlovchi dofamin, oksitosin kabi moddalarni, yuzingizdagi ugrilardek ko'p ishlab chiqara boshlaydi.

Qarabsizki, bu moddalar sevgilimiz bilan hissiy va jismoniy aloqalarni yaratadi, bu aloqani buzish esa ancha qiyin. Nu yillar o'tgandan keyin bir-birilarga o'rganib qoganilardan keyin buzish oson bo'lishi ham mumkin, endi bu sizga bog'liq.

Ammo, nima uchun bizning ilk sevgimiz yuragimizda xuddi gaz, svet kabi alohida joy egallaydi? Bu bo'yicha ham bir qancha izlanishlar o'tkazilgan bo'lib, unga ko'ra biz birinchi marotaba bunday his-tuyg'ularni his qilamiz va bundan tashqari o'smirlik davridagi har qanday voqea, hodisa bizga juda ham qattiq ta'sir ko'rsatadi, shu sababdan ham sinfdoshingiz bo'lgan Munavvarni hali hamon yodingizdan chiqara olmaysiz (balki rostanam ba'zi joylari zo'r bo'lgandir ).

Kunduziy

Qiziq — kanalini kuzatib boring!