Get Mystery Box with random crypto!

UNIT 107. Relative clauses (2) Shunday o'rinlar bo'ladiki, un | Qizil📙Murphy

UNIT 107. Relative clauses (2)

Shunday o'rinlar bo'ladiki, unda who/that/which so'zlarini qo'ysa ham qo'ymasa ham bo'laveradi:
Masalan:
The man carrying a box. It's very heavy. - Erkak kishi qutini ko'tarib ketyapdi. U judayam og'ir.
Birlashtiramiz:
The box (that) he is carrying is very heavy. - U judayam og'ir qutini ko'tarib ketyapdi.
Odatiy gaplarda avval subject (ot), keyin verb (fe'l), oxirida object (to'ldiruvchi) kelardi. Ikkita gapni birlashtirganimizda xuddi o'sha tartibda, faqat object gapning boshiga o'tadi:
The man - subject, was carrying - verb, a box - object.
The box (that) the man was carrying.
Bobur is talking to a man - Bobur bir kishi bilan gaplashyapdi.
Endi shu gapni boshqa gap bilan birlashtirish uchun "a man" (object)ni subjectdan oldinga o'tkazamiz:
Do you know the man Bobur is talking to? - Bobur gaplashayotgan kishini taniysizmi?
Joylar haqida gap ketganda Who/that/which kabilar o'rnida "where" (qayerda) qo'yiladi:
Have you ever been to the village where they live? - Ular yashaydigan qishloqda hech bo'lganmisiz?