Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat Dars qilishsin bolalar Dil tubida nolalar, Ey a | Qirqqishloq News

#ibrat



Dars qilishsin bolalar

Dil tubida nolalar,
Ey amma -yu, holalar,
Oʻynamasdan telefon,
Dars qilishsin bolalar!

Mahkam bogʻlab belini,
Yodlab baytu she’rini,
Koʻrmasdan Gulperini,
Dars qilishsin bolalar!

Ochib kitob daftarin,
Misoli gul-nastarin,
Chiroyli qilib xatin,
Dars qilishsin bolalar!

Nima koʻp zamonada,
"Matoh"lar har yonida,
Televizor yoʻq xonada,
Dars qilishsin bolalar!

Oʻynab oʻyla, izla,top,
Baxslar qilishsin har bob,
Tik turmaydi boʻm boʻsh qop,
Dars qilishsin bolalar!

Ustozlari boʻlar shod,
Kundalik boʻlmas kasod,
Multifilmdan VOYDOD,
Dars qilishsin bolalar!

Keldi hush zamonalar,
Toʻlsin kitobxonalar,
Aziz ota onalar,
Dars qilishsin bolalar!

Bir hazil she’r soʻzladim,
Rostmi yolgʻon soʻzlarim,
Haqiqatni koʻzladim,
Dars qilishsin bolalar.

Kanalga ulanish uchun
@qirqqishloq_news