Get Mystery Box with random crypto!

QURBON HAYITINING FALSAFASI “Qurbon hayiti” yoxud “Iydul Azho | Qirqqishloq News

QURBON HAYITINING FALSAFASI

“Qurbon hayiti” yoxud “Iydul Azho (adho)” (عیدالأضحی) hijriy – qamariy Ziy hijja oyining o'ninchi kuni bo'lib, musulmonlarning eng katta bayramlaridan hisoblanadi.

“Azho” yoki “adho” (اضحی) so'zi arabiy “zuho” (ضحی) so'zining ko'pligi bo'lib, u o'zbek tiliga balandlik, oftob ko'tarilishi, quyosh nuri uzunligi degan ma'nolarni anglatadi. Quyoshning subhdan ko'tarilishi, zuhurdan oldingi holatiga “adho” deb ataladi.

O'zingizga ma'lumki, har bir ishda Allohning aniq hisob-kitoblari bor. Quyoshning ma'lum bir darajaga ko'tarilish vaqti yiliga bir marotaba “Qurbon hayiti” yoxud “Iydal Adho” kuni, soatiga tushar ekan. SHu sababdan, azaldan bu bayramga “Iydal Adho” deb atalar ekan.

Qurbonlik qilish, ayniqsa, qurbonlikning buyurilgan shartlariga ko'ra, Alloh tomonidan izn berilgan eng baquvvat va chiroyli, sog'lom va mustahkam tuya, mol yoxud qo'yni tanlab, Alloh yo'lida qurbonlik qilish va uni muhtojlarga ulashish Xudo yo'lidagi fidokorlikning bir ko'rinishidir. Qurbonlik qilish orqali, qurbonlik qilgan inson o'z dinini saqlab qolishga hissa qo'shadi va Ilohiy tomonidan berilgan farmonlardan birini ado etadi. SHu orqali, agar bu amal sidqi dildan bo'ladigan bo'lsa, o'zining bu dunyo va oxirati uchun savob tilab oladi.

Isoqov Sayyid Aziz

Kanalga ulanish uchun
@qirqqishloq_news