Get Mystery Box with random crypto!

O, g'am yema! Halolman, Pokman, Men tonglardan qolib ketgan n | Ichimdagi To‘fon

O, g'am yema!
Halolman,
Pokman,
Men tonglardan qolib ketgan nur.
Men quyoshdan uzilgan chog'man,
Bor gunohim muhabbat erur.

O, g'am yema!
Halolman,
Pokman,
Bori aybim ishonch va orzu.
Ishonganlar gunohkor emas,
Odam ishqdan kirlanmaydiku!

Shubhalanma,
Qarama g'ayir,
Ey, poklarning vasliga yetgur.
Men ham asli chil-chilman, lekin
Siniqlarim ichimda erur.

O, g'am yema!
Halolman,
Pokman,
Bir yurakman, epkinli, nekbin.
Endi yetar!
Bas, bunday yurma
Gunohimda poklanib ketgin!
Kel qalbimga, poklanib ketgin!

Gulrux Xudoyorova

@qaylardasanmendekoylovchi