Get Mystery Box with random crypto!

Yo'llaringdan oyog'imni tiydim , mana, Sen ham menga qo'llarin | Ichimdagi To‘fon

Yo'llaringdan oyog'imni tiydim , mana,
Sen ham menga qo'llaringni cho'zma, hayhot!
Bu to'rt devor o'zimniki- sendan pana,
Endi senga daxlsizman-
tinch qo'y, hayot !

O'lganim yo'q - xarobamda bordir havo,
O'zimniki, meniki deb qilma da'vo,
Men bedavo,
endi mensiz sen benavo...
Endi senga daxlsizman-
tinch qo'y, hayot!

Bo'ldi endi , nuqta qo'ysin taqdirga ayt ,
Muhabbatdan g'ofil g'arib bag'irga ayt,
Shamolga ayt,
bo'ronga ayt ,
yomg'irga ayt...
Endi senga daxlsizman-
tinch qo'y, hayot!

Yig'layapti dema meni , yosh qolmagan,
Yosh bo'lsa ham yig'lashga bardosh qolmagan,
Boshim urib yoray desam , tosh qolmagan ,
Endi senga daxlsizman-
tinch qo'y, hayot!

Ko'hna hislar bo'shab-bo'shab qolyotir-da !
Sen siylagan sitamlar ham yo'q xotirda,
Faqatgina dil onamdan xavotirda,
Endi senga daxlsizman-
tinch qo'y, hayot!

Rashid Xo'jamov
@qaylardasanmendekoylovchi