Get Mystery Box with random crypto!

Seni tanimasdan hatto ilgari G'ijmlangan qog'oz, sen turarsan | Ichimdagi To‘fon

Seni tanimasdan hatto ilgari

G'ijmlangan qog'oz, sen turarsan jim,
Osilgan qovog'ing to'sar ko'zingni.
Yuragimni qiyma qilging kelaru,
Lek, arang turasan bosib o'zingni.

Ichingda uvillab ketar qaxraton,
Ichingdan to'kilib ketar ko'zlarim.
Senga og'ir botgan deyman hoynaxoy,
Seni tanimasdan yozgan she'rlarim.

Kim uchun, ne uchun ?.. so'rar nigohing,
Men esa qarshingda turib bemalol
G'ijim qog'ozlarni yig'ishtiraman,
G'ijim xislaringga uraman dazmol.

Sekin jilmayaman senga suyanib,
Aytaman ,sen uchun bor hon-u monim.
Seni tanimasdan hatto ilgari ,
Men faqat sen uchun yozganman jonim.


Ruxsora Isoqova

》 t.me/dil_fido 《