Get Mystery Box with random crypto!

Arizalarni qabul qilish boshlandi! Joriy yilda oliy ta'lim m | .

Arizalarni qabul qilish boshlandi!

Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish uchun o'tkazilgan test sinovi natijalariga ko'ra talabalikka tavsiya etilmagan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oshirilgan (super) kontrakt asosida o'qish istagida bo'lgan abiturientlar diqqatiga!

Oshirilgan (super) kontraktga arizalarni qabul qilish 2020 yil 28 sentyabrdan boshlab, institut sport majmuasida tashkil etiladi.

Abiturientlardan o'zlari bilan quyidagilarni olib kelish so'raladi:
shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport)ning asli va nusxasi;
abiturient qayd varaqasi;
javoblar varaqasi (DTM saytidan yuklab olingan va chop qilingan holda).

Arizalarni qabul qilish vaqti:
8:30 - 18:00 ga qadar,
tushlik: 12:00 - 14:00 ga qadar.

Shu bilan bir qatorda, abiturientlardan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda kelishlari so'raladi.

@QarMII_YIBT