Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik_hazil_chin                       14-yanvar       14-y | Fikrim. uz

#tabrik_hazil_chin

                      14-yanvar
      14-yanvar....
Ko‘ngilginam g‘ashlaydi.
Qaysidir qizning tog‘asi,
Vazirlikda ishlaydi.

Har yili berar ta'til,
Bayramga qilar ta'sir,
Quruq tabrik na tatir,
Vazirlikda ishlaydi.

Har qishda bo‘lar takror,
Na tabrik, na sovg‘a bor,
Ko‘ngilda to‘ldi g‘ubor,
Vazirlikda ishlaydi.

Eh siz makkora qizlar,
Bahonalar ko‘p izlar,
Mo‘ltirar qaro ko‘zlar,
Vazirlikda ishlaydi.

Ko‘ngillarga to‘ldi g‘am,
Juda qilarkan alam,
"Sovg‘ang qani"-der onam,
Derman: "Vazirlikda ishlaydi"


Bir xil tabriklar kelar,
Tabriklar bag‘rim tilar,
Qizlar bayramida ko‘rar,
Vazirlikda ishlaydi.

Ey Misha, yoshingni art,
Bir kun sovg‘angni berar,
Yaqin, sakkizinchi mart,
Har kim ekanini o‘rar!



Farruh Qarshiyev.