Get Mystery Box with random crypto!

MEN Ichimizda bir ovoz bor. Har doim nimadir yaxshili | Fikrim. uz

MEN

Ichimizda bir ovoz bor. Har doim nimadir yaxshilik qilmoqchi bo‘lganimizda bizni "Qo‘y, shu ishni. Nima qilasan dars qilib. Uxla ertayam bor"- deydi. Yoki kim bilandir janjallashayotganimizda " Qaytma, u oddiy  bir talaba bo‘lsa,  sen kim u kim. Shundan gap eshitib o‘tirasanmi? Hali seni darajangga yetishishiga ancha bor u tirranchani"-deydi. Yoxud, ustoz bilan tortishayotganimizda "To‘g‘ri qilyapsan, o‘qitsa oyligini olyapti. Kontrakt to‘lab qo‘yibsan. Seni hech narsa qilolmaydi.  Qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Bo‘sh kelma. Eshikni tepib chiqib ket. Keyin seni hurmat qiladi"- deydi. Yoxud endi ibodatni boshlagningda   "Hali yoshsanku, qariganingda o‘qiysan"- deydi.  Yolg‘iz qolganingda" gunohni qilaver hech kim ko‘rmayapti" deydi.  Begona qiz bilan gaplashyotganingda "Gapalashaver, axir sen uni Alloh uchun sevasanku" deydi. Yoxud "Shuncha ilming bo‘la turib senga shuni ravo ko‘rishdimi? " deydi. Odamlarni oldiga borsang o‘zingni qilgan yaxshiliklaringni eslatadi. Yana ko‘o‘o‘p narsalarni qildiradi senga. Buning nomi biz psixologiyada to‘rt yildan buyon o‘rganayotgan MENlik aslida esa NAFS ekan. Men buni kechagina "Men! Bas qil ey, nafs" kitobidan o‘rgandim. Va shu paytgacha o‘rganganlarim ostin-ustun bo‘lib ketdi. Kitobni shunchaki, tavsiya qilaman. Agar o‘zingizni angalmoqchi bo‘lsangiz kitobni o‘qing! Aks holda kimligimzni bilmay o‘tib ketamiz. Kitobni tugatganimizdan so‘ng, o‘zimizni taniymiz. Men bunga ishonaman.

@qarashlarim_uz