Get Mystery Box with random crypto!

Navbatdagi kishi esa o'ylabdi, o'ngga ketgan qaytmadi, balki u | Psixolog Elnora Jo'rayeva Sehrli Ella

Navbatdagi kishi esa o'ylabdi, o'ngga ketgan qaytmadi, balki uni yovvoyilar yegandir...

U qaror qildi, chapga boraman, u aniq bilmasdi bu to'g'rimi yo'qmi...

Ammo aytdi, yo'l oxiri qanday bo'lishidan qat'iy nazar uni qabul qilaman va yangidan yaratishga harakat qilaman...

Yo'l yuraverdi...

Yo'l oxiriga kelganda esa Do'zzax darvozasi...

Yo'l birdan yo'qoldi...

Uni oldida daxshatli, yashash imkoni bo'lmagan joy hamda qo'rquv va daxshatdan qaltirayotgan insonlar jamoasi turardi...

Shunchalar daxshat ediki, hatto shayton qarg'agan...

O'z so'zini esladi, yo'l oxiri nima bo'lishidan qat'iy nazar yangidan yaratishga harakat qilaman...

Vijdonim oldida tozaman...

Ichimda xotirjamlik va baxt...

Nega endi tashqari do'zzax bo'lish kerak ?

Bu unga ishonch berdi va daxshatdan qaltirab turgan insonlarni o'ziga qo'shilishga taklif qildi...

Kimlardir qo'shildi, kimlardir battar bo'lishi mumkin degan qo'rquvdan rad etdi...

Birgalikda sharoitni o'zgartirishni boshlashdi, botqoqni quritishdi, rangli uylar qurishdi, bog'lar yaratishdi...

Qolganlar ham ularga qo'shila boshladi...

Biroz vaqtdan keyin yorqin shahar hosil bo'ldi, u o'zidan baxt va xotirjamlik taratardi...

Endi u darvozadagi do'zzax yozuvini Jannat yozuviga o'zgartirishga qaror qildi...

U borib yozuvni almashtirishi bilan qarshisida yana yangi tablichka va tanish oq kiyimli kishi paydo bo'ldi...

Oq kiyimli kishi aytdi: endi san bilasan nima qilishni...

Ha, manimcha yana yo'l tanlashimga to'g'ri keladi...

Xuddi shunday depti oq kiyimli kishi...

Shunda u so'radi: man tanlov qilgunimcha boshqa sheriklarim taqdirini aytib bera olasanmi ?

Albatta...

1 inson to'g'ridan to'g'ri jannatga tushdi, xuddi san o'zing yaratgan jannatga o'xshash, ammo u bir kun afsuslanadi, tayyor jannatga tushgani va uni yaratishga o'zi ishtirok etmagani uchun, uyam o'zi yaratishni xoxlagan bo'lar edi...

Qachonki uni xoxishi yetarli darajada qat'iy bo'lganida, uni oldida ham yangidan tablichka va yo'llar paydo bo'ladi...

Qolgan ikki kishi esa o'zlarining qo'rquv va daxshatlari bilan, birinchi tablichka oldidan keta olmay haqiqiy do'zzaxda turishipti...

Yana u so'radi: mani oldinda nima kutyapti ?

Javob: mavhumlik...

Bu javob uni ham xursand qildi, ham qo'rqitdi...

Shu hislar bilan u yana yo'lga tushdi...

Xulosalaringizni yozib qoldiring, ertaga man post ko'rinishida yo golosda tahlil qilib beraman

https://t.me/qalbshunos_elnora